O‘zbekiston chegarasida snayper miltig‘ining optik nishoni ushlab qolindi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “S.Najimov” chegara bojxona postiga qo‘shni davlatdan piyoda kirib kelgan fuqaro D.Yo.ning yuklari belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi. Foto: Bojxona qo‘mitasi axborot xizmatiUshbu shaxs bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan 1 dona Dragunov snayperlik miltig‘ining optik nishoni qismini yashirib olib o‘tayotganligi fosh qilindi.Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0