Uchastka noziri va prokurorga hamma narsa mumkin(mi)?

Fuqarolar bugun nafaqat davlat ahamiyatiga molik huquqiy hujjatlarning qabul qilinishida bevosita ishtirok etishi mumkin, balki ularning ijrosini ham nazorat qilishga haqqi bor.Prezidentimiz Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligiga bagishlangan marosimda ham bu haqda toxtalib,Konstitutsiya va qonun ustuvorligiga erishishda jamoatchilik nazoratidan kora samarali vosita yoqligini alohida takidlagan edi. Chunki xalqimizning ozi qonun buzilishiga qarshi qattiq turmas ekan, davlat idoralari, mansabdor shaxslar qanchalik urinmasin, qonun ustuvorligini taminlash qiyin boladi.Barchamizga malum, deyarli kopchiligimiz huquqni muhofaza qilish olganlari bilan qaysidir manoda toqnash kelganmiz yoki ziddiyatga borganmiz. Misol uchun, uchastka noziri ozi xohlagan paytda sizni bezovta qilib, uyingizga kirib kelishi mumkin. Yoki prokuratura organlari sizga rasmiy chaqiruv qogozi jonatmay, telefon orqali soroqqa chaqirish holatlari hamon davom etyapti.Shu bois Ozbekiston Milliy tiklanish demokratik pariyasi huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati mexanizmlari samaradorligini oshirish tarafdori va bu fuqarolarning huquqni muhofaza qilish tizimiga ishonchini ham mustahkamlaydi.Umida Azimova,Ozbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidanxalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatligiga nomzodXalq talimi tizimidagi ixtiyoriy majburiyatga chek qoyish vaqti keldiDemokratik davlat barpo etishning eng asosiy shartlaridan biri jamiyatda fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish hamda har bir kishida qonunlarga hurmat va itoat qilish tuygusini qaror toptirishdir. Bugun hayotimizda yuz berayotgan tamagarlik, korrupsion holatlar yuz berishining asosiy sababi kundalik turmushimiz uchun zarur boladigan oddiy qonun-qoidalarni bilmasligimizdadir.Yaqinda Toshkent shahridagi maktablardan birida ishlayotgan oqituvchilardan biri murojaat qildi. Uning bildirishicha, Xalq talimi vazirligining xati va uning asosida tayyorlangan Toshkent shahar Xalq talimi bosh boshqarmasi boshligi hamda tuman xalq talimi bolimi boshliqlarining buyrugiga kora maktabda on va undan katta yoshdagi oquvchilardan 4460 som, oqituvchilardan esa 8920 somdan ommaviy ravishda Yoshlik jismoniy tarbiya va sport jamiyatiga azolik badali yigilgan. Chunki maktab direktori bu vazirlikning buyrugi ekani va u sozsiz bajarilishi kerakligini, shikoyatga orin yoqligi aytilgan.Aslida Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Nodavlat notijorat tashkilotlari togrisidagi va Jamoat birlashmalari togrisidagi qonunlarga asosan har qanday nodavlat notijorat tashkilotiga azo bolish ixtiyoriylik asosida amalga oshirilishi qatiy belgilangan.Jumladan, maktablarda Yoshlik jismoniy tarbiya va sport jamiyatiga azolik badali yigish ham majburiy asosida bolmasligi lozim. Agar siz oz xohishingiz bilan jamiyat azoligiga qirgan bolsangiz, badal tolashga majbursiz. Azolikdan istagan paytingizda chiqib ketish huquqiga ham egasiz. Ozimiz uchun zarur bolgan bunga oxshash tartiblarni, haq-huquqlarimizni bilmaganimiz bois, bazan yemagan somsaga pul tolashga majbur bolamiz.Ozbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi saylovoldi dasturida demokratik jamiyatni shakllantirishni jadallashtirish va bu boradagi islohotlar muvaffaqiyati kop jihatdan fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatiga bogliqligi korsatilgan va partiya sud-huquq sohasida demokratik jamiyatning asosi va huquqiy tizim mukammalligi korsatkichi bolgan fuqarolarda huquqiy ong va madaniyatni oshirishni ozining asosiy vazifalaridan biri, deb hisoblaydi.Zero huquqiy ong fuqarolarning huquqiy bilim-saviyasini belgilasa, huquqiy madaniyat insonning qonunlarga amal qilish darajasini belgilaydi.Ilhom Rajabov,Ozbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidanxalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashi deputatligiga nomzodReklama huquqi asosida.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0