O‘zbekistonda donor bo‘luvchi yaqin qarindoshlar ro‘yxati kengaytirilishi mumkin

2020-yilda “Yaqin qarindoshlar orasida buyrak va jigar bo‘lagini transplantatsiya qilish tartibi haqidagi vaqtinchalik nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi ishlab chiqilmoqda, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati. Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmatiUnga ko‘ra, transplantatsiya operatsiyalarini amalga oshirishga ruxsat berilgan davlat tibbiyot muassasalari sonini oshirish, shu jumladan, hududlarda ham bu amaliyotni yo‘lga qo‘yish hamda transplantatsiya qilish amaliyotlarida donor bo‘luvchi shaxslarning yaqin qarindoshlari ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritilib, yanada kengaytirilishi ko‘zda tutilmoqda. Ya’ni bemorning ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi darajali qarindoshlari ham donor bo‘lishi mumkin.Ma’lumot uchun, so‘nggi ikki yil davomida respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy amaliy tibbiyot markazida 230 dan ortiq buyrak, 5 ta jigar, Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazida esa 68 ta buyrak transplantatsiyasi operatsiyalari o‘tkazilib, jami 300 nafardan ziyod fuqarolarimizning yuqori texnologik operatsiyalar uchun xorij davlatlariga borishining oldi olindi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0