“Bavariya” Yevropa Chempionlar Ligasi tarixiga kirdi
“Bavariya” o‘z tarixida ilk bor Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichini olti g‘alaba bilan yakunladi. Foto: UEFAMyunxenliklar jamoasi ushbu natijaga erishgan oltinchi klubga aylandi.Musobaqa tarixida ilk bor “Milan” 1992/93-yilgi mavsumda guruhni yuz foizlik natija bilan yakunlagandi. Shuningdek, “Real” (2011/12 va 2014/15-yilgi mavsum), PSJ (1994/95), “Spartak Moskva” (1995/96) va “Barselona” (2002/03) jamolari ushbu natijaga erishgan.“Bavariya” bundan tashqari guruh o‘yinlaridagi to‘plar nisbati bo‘yicha musobaqa tarixidagi rekord natijani qayd etdi — +19.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Manba: Daryo.uz
Manba: Daryo.uz