Nukusda ochilgan Prezident maktabida Keniya, Buyuk Britaniya va Janubiy Afrikadan mutaxassislar ham dars beradi

Nukusda 11-dekabr kuni Prezident maktabining ochilish marosimi bolib otdi. Bu haqda Qoraqalpogiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi xabar berdi. Foto: Qoraqalpogiston XTV matbuot xizmatiMaktabning ochilish marosimida Qoraqalpogiston Joqorgi Kengashi Raisi Muso Yerniyazov, Ozbekiston xalq talimi vaziri Sherzod Shermatov, Ozbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Alisher Sadullayev, Ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Sarvar Boboxojayev, hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yoshlar, ularning ota-onalari ishtirok etdi. Foto: Qoraqalpogiston XTV matbuot xizmatiMarosimda maktabning ramziy kaliti maktab direktoriga topshirildi va yangi oqish kunining birinchi qongirogi chalindi. Maktabning dasturiy ochilish lentasi kesildi. Shundan song mehmonlar yangi ish boshlagan maktabning oquvchilari uchun yaratilgan shart-sharoitlar va oquv jarayonlarini kuzatdi. Foto: Qoraqalpogiston XTV matbuot xizmatiZamonaviy uslubda, jahon standartlariga muvofiq tarzda qurilgan maktab 168 orinli bolib, 2 qavatli oquv binosi, oshxona, 3 qavatli yotoqxona, xorijlik oqituvchilar uchun 15 orinli mehmonxona mavjud. Har bir sinf xonada interaktiv doska va tablolar, Science xonalarida alohida laboratoriya xonalari mavjud. Foto: Qoraqalpogiston XTV matbuot xizmatiJoriy yilda mazkur maktabning 510 sinflariga hujjat topshirgan 7,5 ming nafardan ziyod oquvchidan 144 nafari qabul qilindi. Kelasi oquv yilidan boshlab, har yili 5-sinfga 24 nafar oquvchi qabul qilinadi. Foto: Qoraqalpogiston XTV matbuot xizmatiQayd etilishicha, Prezident maktabida darslar Kembrij universiteti ekspertlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan oquv reja va dasturlari asosida olib boriladi. Maktabga 8 nafar xorijiy yuqori malakali mutaxassis hamda 23 nafar mahalliy oqituvchi jalb qilingan. Ular ham xalqaro talim talablari asosida maxsus imtihonlar orqali tanlab olingan.Prezident maktablarida oquv jarayoni STEAM talim dasturi (Science tabiiy fanlar, Technology texnologiyalar, Engineering texnik ijodkorlik, Art sanat, Mathematics matematika) boyicha olib boriladi, bu esa iqtidorli yoshlarning fikrlash qobiliyati, iroda, ijodiy salohiyati, moslashuvchanligini rivojlantirishga imkon beradi. Foto: Qoraqalpogiston XTV matbuot xizmatiUshbu yonalishdagi darslar toliq ingliz tilida olib boriladi. Mahalliy oqituvchilar bilan birga Keniya, Buyuk Britaniya va Janubiy Afrikadan sakkiz nafar mutaxassis taklif etildi. Ayni paytda maktab STEAM metodologiyasi boyicha darslik va oquv qollanmalar bilan taminlangan.Prezident maktablari bitiruvchilari belgilangan tartibda davlat tomonidan tasdiqlangan shahodatnoma, attestat bilan bir qatorda xalqaro darajadagi tegishli dastur diplomi (International Baccalaureate, Advanced Placement yoki International Advanced Levels)ga ega boladi. Bu xorijiy oliy oquv yurtlariga kirish imkonini beradi.Malumot uchun, Prezident maktablari 2019-yilda Toshkent, Namangan vaXorazm shaharlarida ochildi. 2020-yilda Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand va Fargona viloyatlarida, 2021-yilda Andijon, Navoiy, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida qurilishi rejalashtirilgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0