Raddiya yozing, barchasi yolgon deng. Biz sizni deputat qilamiz. Surxondaryolik masullar saylov taqdirini oldindan belgilashga urinayotgani aytilmoqda

Daryo internet nashrida Arizaga yaxshilikcha imzo qoying, bu hokimning topshirigi. Parlament saylovlariga qadar partiyaviyligi ozgarib qolgan Surxondaryolik nomzod soxta arizaga imzo chekishga majburlanmoqda sarlavhali maqola elon qilingandi. Maqolada Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanidagi 30-maktab direktorining saylovga qadar partiyaviyligi ozgarib qolishi va boshqa partiyadan nomzod sifatida korsatilayotgani tilga olinadi. Shuningdek, fuqaro Chori Mirzayev deputatlikka nomzod qoyish uchun XDPga 170 ming som pul tolagani yozilgandi. Foto: uz.raisense.saylovMazkur maqolaga Xalqaro matbuot markazi Surxondaryo viloyat bolimi munosabat bildirdi. Dastlab Xalqaro matbuot markazi munosabatini etiboringizga havola qilamiz.Mazkur xabarning haqiqatga yaqinligini bilish uchun siyosiy partiyalar va xabarda tilga olingan mutasaddilar bilan boglanib, masalaga oydinlik kiritishga harakat qildik. Zero mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon yaqinlashayotgan bir paytda bu kabi malumotlar saylovchilarni chalgitib qoyishi ham hech gap emas.Malum bolishicha, Qiziriq tumanidagi 30-maktab direktori Dilbar Saidova tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati Ozbekiston Liberal-demokratik partiyasi Qiziriq tuman Kengashiga nomzodini deputatlikka korsatish boyicha ariza bilan murojaat etmagan. Shuningdek, partiyaning tuman Kengashi yigilishida Dilbar Saidovaning nomzodi deputatlikka korsatilmagan.Vaholanki, siyosiy partiyalar deputatlikka nomzodlarni partiya safidagi eng faol nomzodlar orasidan saralab oladi. Delegatlarning kopchilik ovozi bilan tasdiqlanadi.Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi Qiziriq tuman Kengashi Plenumining tegishli qaroriga asosan Saidova Dilbar Polatovna 6-Yangi yol saylov okrugidan xalq deputatlari Qiziriq tuman Kengashi deputatligiga nomzod etib korsatilgan.Xabarda shu tumanda yashaydigan fuqaro Chori Mirzayevning mahalliy Kengash deputatligiga nomzodimni qoydirish uchun 170 ming som toladim, partiya nashriga obuna boldim, alam qilgani nomzodlar royxatidan olib tashlashgani degan sozlari keltirilgani ham ajablanarlidir. Zotan partiya nashriga obuna bolish deputatlikka nomzodi korsatildi, degani emas. Nashrga oz xohishi bilan obuna bolgan fuqaroga esa plenumda nomzodi qollab-quvvatlanmay qolgach, obunani dastak qilishi ham yarashmaydi.Biroq XDP Qiziriq tumani Kengashi raisi Yu. Umbarov fuqaro Chori Mirzayev hech qanday tolov qilmaganligi hamda unga nomzodini qoyishni ham bildirmaganligini malum qildi. Shuningdek, siyosiy partiyalarning konferensiya va plenumida deputatlikka nomzodi qollab-quvvatlanmagan fuqarolarning murojaatlari asosida turli fikrlarni ilgari surish ham Daryo.uzdek nufuzli saytga yarashmaydi.Xalqaro matbuot markazi Surxondaryo viloyat bolimiXalqaro matbuot markazining viloyat bolimi Dilbar Saidovaning partiyaviyligi ozgargani-yu, nomzodlikka otish uchun fuqaro Chori Mirzayevning 170 ming som tolaganini tan olmayapti. Foto: DaryoDeputatlikka nomzod Dilbar Saidovaning ishonchli vakillari Adham Ergashev hamda Dilafroz Saidovalar esa nomzodning dastlab OzLiDePdan korsatilganligini, ammo partiyaviyligi keyin ozgarib qolganini takidlamoqda. Dilbar Saidovaga ishonchli vakilman, deydi Adham Ergashev. Dilbar opaning nomzodi dastlab OzLiDePdan korsatilgandi, ammo 3 kun oldin bildim, endi Xalq demokratik partiyasidan korsatilayotgan ekan.Dilbar Saidovaning yana bir vakili Dilafroz Saidova ham nomzod OzLiDePdan korsatilganini, songra ozgarish bolganini aytmoqda. Foto: Daryo Bahrom Xolboyev ismli kishi menga OzLiDePdan korsatilayotgan nomzodning ishonchli vakili ekanligimni aytib, guvohnoma bergandi, deydi Dilafroz Saidova. Endi bilsak, nomzodimizning partiyaviyligi ozgargan. Nima uchun ozgarganini bilolmay sarsonmiz.Daryo muxbiri bilan suhbatlashgan Dilbar Saidovaning aytishicha, maqola elon qilingach tuman XTB mudiri Xoshmurod Muhammadiyev va mutasaddi rahbarlar maktab direktorining OAVga ochiq-oshkora malumot berganini qoralagan. Va muammoni faqatgina ozlari hal qilishlari mumkinligini aytgan. Menga Daryo.uz saytiga raddiya yozing, barchasi yolgon deng nomzodingizni XDPdan korsatavering, biz sizni deputat qilamiz, deyishmoqda, deydi Dilbar Saidova. Men esa OzLiDePga azoligimni va nomzodimni qaytarib berishlarini soradim.Dilbar Saidovaning malumot berishicha, XTB mudiri maktab direktorini dastavval viloyat xalq talimi boshqarmasi boshligi bilan gaplashtirgan. Songra tuman hokimi qabuliga olib borgan. Har ikkala masul ham nomzodning OAVga murojaatini qoralab, XDP nomzodi sifatida qolishini soragan.Dilbar Saidovaning aytishicha, masullar vaziyatni bosdi-bosdi qilib, oz holicha qoldirish niyatida. Deputatlikka nomzod va uning ishonchli vakillari shu holatdan chochiyapti.Qiziriq tumanida yashovchi Abdugaffor Shodmonovning Dilbar Saidovaga malumot berishicha, Tora Shoyqulov ism-sharifli nomzod bir vaqtning ozida ikki hududdan har xil partiyalardan deputatlikka davogar bolgan. Foto: Daryo Partiyalarning pala-partish ishi va tala-top sabab Tora Shoyqulov viloyatga bizning partiyadan (Dilbar Saidovaning aytishicha, Abdugaffor Shodmonov ilgari Adolat partiyasining masuli bolgan) nomzod qilib qoyilgan bolsa, tumanga XDP nomzodi qilib korsatilgan, deydiAbdugaffor Shodmonov. Gazetaga ham xuddi shunday bosilgan. Ancha shov-shuv bolgandi. Hatto Sariosiyo tumanidan olgan kishilarni, hatto Rossiyada lapatka kotarib yurganlarni ham korsatish holati bolgan. Foto: DaryoDilbar Saidovaning aytishicha ozi bilan bogliq masalaga Qiziriq tuman saylov komissiyasi rahbari Erkin Arabov aybdor. Tuman saylov komissiyasi rahbari Erkin Arabovning ozboshimchaligi sabab shu vaziyat yuzaga keldi, deydi Dilbar Saidova. Endi hammaning boshi qotgan. Menga boshqa partiya azoligi va deputatligi kerak emas. Mayli, saylovda qatnashish fikridan ham qaytaman, faqat mening OzLiDePga azoligimni qaytarishsin.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0