Misrda Ramzes II ning haykali topildi

Misrning Giza shahrida arxeologlar qadimgi Misr xudosi Ptah ibodatxonasi yaqinida firavn Ramzes II haykalining yuqori qismini topdi. Bu haqda Misr qadimiy yodgorliklar boyicha vazirligi malumotlariga asoslanib RIA Novosti xabar berdi. Foto: RIA NovostiRamzes Ikkinchining haykali pushti granitdan ishlangan bolib, u kuch, hayotiy quvvat va yashirin ruh ramzi hisoblanadi, deydi qadimiy yodgorliklar masalalari boyicha oliy kengash bosh kotibi Mustafa Vaziri.Uning sozlariga kora, avvalroq ham III sulola firavnlari haykallari topilgan, biroq ular yogochdan yasalgan edi.Topilgan haykalning balandligi 105, eni 55 santimetrni tashkil etadi. Haykalning boshi ustida kotarilgan qollar aks etgan, bu esa kuch va hayotiy quvvatni aks ettiradi.Firavn haykali xususiy yerdan topilgan bolib, yer egasi dekabr oyi boshida yashirin ravishda qazilma ishlarini olib borgani uchun turizm politsiyasi tomonidan hibsga olingan.Qayd etilishicha, topilma restavratsiya qilish uchun ochiq osmon ostida joylashgan eng yaqin muzeyga jonatilgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0