Ozbekistonda nobiometrik pasportning amal qilish muddatiga 20 kun qoldi

Toshkent shahar IIBB Ozbekiston fuqarolarining eski namunadagi (nobiometrik) pasportlarning amal qilish muddatiga 20 kun qolgani haqida ogohlantirdi. Foto: DaryoUshbu muddatga qadar eski namunadagi pasportni biometrik pasportga almashtirmagan fuqarolar Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksga asosan bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan uch baravarigacha miqdorda jarimaga tortilishi mumkin.Malumot uchun, Ozbekiston Prezidentining 2011-yil 5-yanvardagi Ozbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi farmoniga muvofiq, 2011-yildan fuqarolarga biometrik pasport berilishi boshlangan. Fuqarolarning amaldagi nobiometrik pasportlari 2020-yil 31-dekabrgacha haqiqiy hisoblanadi.Takidlash kerakki, Ozbekistonning barcha viloyat, shahar, tuman IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalari (bolimlari)da biometrik pasport hamda xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish uchun hujjat topshirish va tayyor bolgan pasportlarni olish boyicha fuqarolarni dam olish kunlari soat 8:00 dan 20:00 gacha qabul qilish joriy etilgan.Shanbayakshanba kunlari Toshkent shahrida barcha Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bolimlariga ham pasport va viza rejimi boyicha istalgan masalada uchrash mumkin boladi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0