Amerikaning mashhur CNBC telekanali ilk bor Ozbekiston haqidagi filmlarni efirga uzatmoqda

8-dekabrdan boshlab AQShning CNBC (Consumer News and Business Channel) telekanali Ozbekistonga bagishlangan oltita filmni efirga uzatishni boshladi. Bu haqda Ozbekkino milliy agentligi matbuot xizmati Daryoga xabar berdi. Foto: Google ImagesMazkur hujjatli filmlarda yangi Ozbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, songgi yillarda mamlakatda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda roy berayotgan ozgarishlar taniqli xorijiy jurnalistlar talqinida namoyish qilinmoqda.Mazkur filmlarda Ozbekiston va Afgoniston ortasidagi munosabatlardagi ijobiy ozgarishlar ham oz aksini topgan. Filmlar amerikalik mashhur jurnalist va teleboshlovchi Rayan Chilkot tomonidan suratga olingan. U ushbu filmlarni yaratish uchun Ozbekiston va Afgonistonga bir necha bor tashrif buyurgan.Yana uchta film Buyuk Britaniyaning Imotus kinokompaniyasi tomonidan CNBC telekompaniyasi buyurtmasiga asosan suratga olingan.Ozbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va Ozbekkino milliy agentligi bilan hamkorlikda yaratilgan ushbu filmlar xalqaro hamjamiyatni Ozbekistonda yuz berayotgan yangilanishlar jarayoni, shuningdek, Markaziy Osiyoda kuzatilayotgan keng kolamli siyosiy jarayonlar bilan yaqindan tanishtirishda muhim ahamiyatga ega, deydi ijodiy hamkorlardan biri Belgrave Europe kompaniyasi xalqaro aloqalar boyicha mutaxassisi Fred Xarrison.Bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishish maqsadida dunyoning turli hududlaridan xorijiy jurnalistlar, kinematograflar kelayotgani quvonarli hol. Biz har doim bunda tashabbuslarni qollab-quvvatlaymiz va ularga qolimizdan kelgunicha yordam beramiz, dedi Ozbekkino milliy agentligi rahbari Firdavs Abduxoliqov.Malumot uchun, CNBC telekanalida Ozbekiston haqidagi filmlar Vashington vaqti bilan shanba va yakshanba kunlari (14,15, 21, 22, 28-dekabr) 21:15 da, dushanba kunlari (16, 23-dekabr) 23:30 da namoyish qilinadi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0