Ozbekistonda mahkumlar qanday afv etiladi?

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Bosh prokuratura xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida Ozbekiston Prezidentining Ozodlikdan mahrum etish jazosini otayotgan, qilmishiga chin kongildan pushaymon bolgan va tuzalish yoliga qatiy otgan bir guruh shaxslarni afv etish togrisidagi farmoni ijrosiga bagishlangan matbuot anjumani bolib otdi. Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmatiJazo muddatini otayotgan, qilmishiga chin kongildan pushaymon bolgan va tuzalish yoliga otgan shaxslar sud tomonidan tayinlangan jazoning uchdan ikki qismini otashsa, Prezidentga afv sorab murojaat qilish huquqiga ega boladi.Mahkum jazoning uchdan ikki qismini otasagina Prezidentga afv sorab murojaat qilish huquqiga ega boladi. Prezidentning 2018-yil 8-maydagi farmoni bilan tasdiqlangan Ozbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi togrisidagi nizomda bu qoida kiritilgan. Jazoning uchdan ikki qismini otab bolib, keyin jazoni otash muassasasi mamuriyati orqali ariza bilan Prezident huzuridagi Afv etish masalalari boyicha komissiyaga murojaat qiladi, deydi bosh prokuror orinbosari Svetlana Ortiqova.Matbuot anjumani davomida ommaviy axborot vositalariga qayd etilgan farmon ijrosining borishi xususida axborot berildi.Jumladan, farmonga asosan jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini otayotgan 575 nafar shaxslar afv etilib, shundan 361 nafari jazodan ozod etildi va 214 nafarining otalmagan jazo muddati 1/4 qismiga qisqartirilgan.Jazodan ozod etilgan 361 nafar shaxslarning ijtimoiy moslashuvini taminlash hamda ular tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish maqsadida ularning barchasi ichki ishlar idoralarining profilaktik hisobiga olindi, 257 nafariga biometrik pasportlar berildi, 1 nafar chet el fuqarosi va 1 nafar fuqaroligi bolmagan shaxsga Ozbekistonda doimiy yashash guvohnomasi rasmiylashtirildi.Sogliqni saqlash organlari bilan hamkorlikda afv etilganlarning 361 nafari tibbiy korikdan otkazildi. Tibbiy korik xulosasi asosida ularning 24 nafari davolanishi tashkil etildi, 6 nafariga nafaqa tayinlandi.Shuningdek, afv etilgan shaxslarga mahalliy hokimliklar tomonidan 419,8 million som miqdorida moddiy yordam korsatildi, mehnatga layoqatli bolgan 326 nafaridan 315 nafari ishga, 10 nafari oqishga joylashtirildi.Mavzuga doir:Ozbekistonda taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan 79 nafar fuqaro afv etildiOzod etilgan shaxslarning ijtimoiy moslashuvida yordam korsatish maqsadida ularning yashash, oqish va ish joylarida 1253 nafar murabbiylar biriktirildi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0