AQSh vulqon oqibatida jabrlangan Yangi Zelandiya fuqarolariga million santimetr kvadrat donorlik teri yuboradi

Yangi Zelandiyada otilgan vulqon oqibatida jabrlanganlar uchun AQShdan 1,2 million santimetr kvadrat donor terilari yetkaziladi, deb xabar berdi TVNZ telekanali.Avvalroq Yangi Zelandiyaning Uayt-Aylend orolida vulqon otilishi oqibatida kamida besh nafar fuqaro halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.Hozirda donorlik terilarini Yangi Zelandiyaga Viktoriya shtatidagi donorlik to‘qimalari banki hamda Sidney shahridagi donorlik organlari xizmati yuborgan. Avstraliyaning o‘zi jabrlanganlarga hami 20 ming santimetr kvadrat to‘qima berdi.Hozirda intensiv terapiya bo‘limida 29 kishi qolmoqda. Ularning aksariyatini 40—50 foiz terisi kuyib ketgan, biroq 95 foiz terisi kuygan bemorlar ham mavjud. 22 kishi sun’iy nafas berish apparatiga ulab qo‘yilgan. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, ularni zudlik bilan operatsiya qilish darkor.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0