Ozbekistonda 12-dekabrdan muddatidan oldin saylov berish boshlanadi

Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga va mahalliy kengashlarga saylov kunida oz yashash joyida bolish imkoniyatiga ega bolmagan saylovchilar 12-dekabr kuni soat 09:00dan 18-dekabr soat 18:00ga qadar muddatidan oldin ovoz berishi mumkin boladi. Foto: DaryoBu haqda 10-dekabr kuni Xalqaro matbuot markazida bolib otgan brifingda Markaziy saylov komissiyasi (MSK) raisi orinbosari Mahmud Istamov malum qildi.Saylov kodeksining 57-moddasiga kora muddatidan oldin ovoz berish saylovga 10 kun qolganida boshlanadi va saylovga 3 kun qolganida tugallanadi. Yani 12-dekabr kuni soat 09:00 dan boshlanib, 18-dekabr soat 18:00 ga qadar otkaziladi.Brifingda takidlanishicha, saylovchi muddatidan oldin ovoz berish uchun saylov kuni yashash joyida bola olmasligining sabablari (tatil, xizmat safari, xorijga chiqish va hokazo) korsatilgan ariza bilan uchastka saylov komissiyasiga murojaat qilishi talab etiladi. Saylovchidan saylov kunida bola olmasligining sabablarini tasdiqlovchi qoshimcha hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.Mahmud Istamovning aytishicha, muddatdan oldin ovoz berish uchun 936 mingdan ortiq saylov byulletenlari tayyorlandi, bu saylovchilar umumiy sonining 5 foizini tashkil etadi.Mavzuga doir:Ozbekistonda 22-dekabrdagi saylovda ishtirok etadigan saylovchilar soniga aniqlik kiritildiSaylovchilar oz yashash joylaridagi saylov uchastkalariga tashrif buyurishlari, saylovchilar royxatlarini korishlari hamda ularning malumotlari saylovchilar royxatiga kiritilgani va ularning togri kiritilganligini tekshirishlari mumkin, dedi MSK raisi.Avvalroq saylov kuni ovoz berish jarayoni va saylov yakunlarini chiqarish bosqichlari togridan togri namoyish etiladigan saylov uchastkalari royxati tasdiqlangani, saylovchilar vaqtincha yashash joyida ham ovoz berishda ishtirok etishi mumkinligi malum qilingandi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0