Ekoqovun. Ekopartiya vakilining propiska haqidagi fikri ijtimoiy tarmoqlarda hazil-mutoyibaga sabab boldi

11-dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazida bolib otgan Xalqaro press-klub sessiyasida ishtirok etgan Ozbekiston ekologik partiyasi vakili Ulugbek Pirmuhammedov Toshkentga kelayotgan viloyatliklarni qayd etishning yangi tartibini joriy etishni taklif qildi.Fikrimizcha, fuqaro Toshkentga kelishidan oldin ozining hududidagi inspektordan royxatdan otishi maqsadga muvofiq. Shunday tizim joriy etilsa, Toshkentda muammolarga uchrashining oldi olinadi, dedi partiya faoli.Uning bu taklifi ijtimoiy tarmoqlarda tanqidiy va kinoyali munosabatlarga sabab boldi.Asanov formati kanali yozmoqda:Biz buni ancha kutdik. Deputatlar, hokimlar, amaldorlar, yana allakimlar qovun tushirishiga shunchalik organib qolibmizki, bir-ikki haftamiz tinch otganiga zerikib ham qoldik. Lekin bu azamat jonimizga oro kirishga qaror qildi. Ozini ayamadi, mardlik qildi.Endi jiddiy gapiradigan bolsak, bizdagi Ekopartiya haqiqiy yashil partiya emas. Butun dunyoda yashillar, alohida partiyalarga birlashganiga qaramay, siyosiy partiyalardan farq qiladi: ular odatda tabiatga befarq bolmagan yoshlardan iborat boladi. Yashillar propiskani muhokama qilmaydi, ijtimoiy muammolarga aralashmaydi, shunchaki tabiatni asrash masalasini eng yuqori darajaga olib chiqadi. Yashillar kostyum-shim kiyib, zerikarli tadbirlar uyushtirmaydi. Ular ormonlarda, toglarda yuradi, tabiatni asrash bilan shugullanadi. Mamlakatga investitsiya kirsa yaxshi deb AES qurilishini yoqlamaydi. Ular uchun muhimi tabiatni asrash. Ekopartiya byurokratlardan emas, idealistlardan iborat bolishi lozim. Hozircha ularni Ozbekistondagi boshqa partiyalardan ajratib bolmayapti.Kapgir kanali: Foto: Telegram / KapgirQish. Sovuq. Ertalabdan turnaqator navbat. Mening navbatim sakson yettinchi. Yosh bolali ayollar kelyapti: Iltimos, meni otkazib yuboringlar, kasalxonaga borishim kerakKun yorishdi, navbat haliyam joyidan siljigani yoq. Keksaroq bir-ikki odam hushidan ham ketib qoldi. Tushga yaqin bitta Prado eshik tagiga kelib toxtadi. Ichidan boyniga boshmaldogimning qalinligidek keladigan tilla zanjir taqib olgan uchastkovoy tushib keldi. Odamlar ikki chetga surilib, unga yol bera boshlashdi. Xonaga kirar ekan, unvoni leytenant bolgan nozir dedi: Bitta-bittalab kirishlaring, kechagidek bardak qiladigan bolsalaring, bugun birortang Toshkentga bormaysanFacebook va Twitter ham qizgin muhokamalarga boy boldi.Bloger Nurbek Alimov Toshkentga ketish uchun grin kard oynamoqchi. Skrin: DaryoBloger Nozim Safari Tushungan tushundi turkumida kinoyali post qoldirdi. Skrin: DaryoDavrada Twitterchilar: Skrin: Daryo Skrin: Daryo Skrin: Daryo Skrin: Daryo Skrin: DaryoSaytimizda muxlislarimiz ham qiziq izohlar qoldirdi: Skrin: DaryoYana Facebookka yuzlanamiz: Skrin: Daryo Skrin: Daryo Skrin: Daryo Skrin: Daryo Skrin: Daryo Skrin: Daryo Skrin: Daryo Skrin: Daryo

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0