Okean tubidan minglab sirli obyektlar topildi

Monterey-Bey ilmiy tadqiqot instituti akvaiumi (MBARI) olimlari AQShning Kaliforniya shtatidagi dengiz tubida minglab sirli chuqurliklar borligini aniqladi. Obyektlarning paydo bo‘lishiga nima sabab bo‘lgani noma’lumligicha qolmoqda. Bu haqda “Phys.org” nashri xabar bergan. Foto: PhysChuqurliklar eng kattasining eni 175 metr, chuqurligi 5 metr va aylana shaklidagi devorlar bilan o‘ralgan. Bu kabi obyektlarning jami 5,2 mingtasi aniqlangan, umumiy maydoni 1,3 ming kvadrat kilometrni tashkil etgan. Katta bo‘lmagan mikrodepressiya chuqurlarining diametri 11 metrgacha yetadi va chuqurligi 1 metrgacha. Ularning devorlari tik va pastga qarab cho‘zilgan.Bu kabi noma’lum shakldagi chuqurliklar dunyo okeanidagi deyarli barcha joylarda uchraydi va metan hamda suv ostidagi boshqa moddalarning chiqindilari tufayli vujudga kelgan. Ushbu holat suv tubining beqarorlashuvi neft platformalari va shamol turbinalarining ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Lekin MBARI olimlari chuqurlardan metan qoldiqlarini topmagan. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, chuqurliklar yaqin 50 yil ichida faollashmaydi. Foto: PhysBarcha mikrodepressiyalarda toshlar, suv o‘tlari, suyaklar, chiqindi va baliq ovlash vositalarining bo‘laklari mavjud. Tadqiqotchilar ushbu teshiklar paydo bo‘lganiga ko‘p bo‘lmagani va chuqurliklar suv oqimining o‘zgarishi sababli shakllanganini ta’kidlagan. Foto: Phys

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0