Toshkentda 100 ming somlikni soxtalashtirgan yigitlar qolga olindi (video)

Joriy yilning 20-noyabr kuni soat 10:15 atrofida Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi oziq-ovqat dokonlaridan birida ikki nafar yigit qalbaki 100 ming somlikni otkazishga urindi. Bu haqda Zamon axborot dasturi xabar bermoqda. Foto: Zamon axborot dasturiUlar 2 ming somlik suv xarid qilib, 98 ming somni qaytim sifatida olgan. Keyinchalik yollarida uchragan qizdan 100 ming somni maydalab berishni soragan va ikkita haqiqiy 50 ming somlikni qolga kiritgan.Dokon egalarining murojaati asosida pul ekspert-kriminalistika bolimi tomonidan tekshiruvdan otkazilganda banknot rangli printerda chiqarilgani malum boldi.Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari mobaynida soxta pul egalari aniqlandi va qolga olindi. Tergov harakatlari davomida uch nafar muqaddam sudlangan yigit va bir nafar voyaga yetmagan bola Orikzor bozoridagi paynet shoxobchasida 58 dona 100 ming somlikni qalbakilashtirgani aniqlandi.Mazkur holat yuzasidan JKning 176-moddasi bilan jinoyat ishi qozgatildi. Bunday qilmishlar uchun 15 yilgacha qamoq jazosi belgilangan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0