Ozbekistonga import qilinadigan elektromobillarga qayta ornatilgan bojxona boji bekor qilindi

Ozbekistonga olib kiriladigan elektr avtomobillarga qaytadan joriy qilingan bojxona boji bekor qilindi. Bu Ozbekiston Prezidentining 9-dekabrdagi Yol sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qarorida kozda tutilgan. Bunga Normaetibor qaratdi. Foto: Financial TribuneQarorga kora, ozgarish TIF tovar raqami 870380 bolgan, faqat elektr dvigatelida harakatga keltiriladigan transport vositalari importiga taalluqli.Joriy yil boshidan elektromobillar importi bojxona bojidan, yozdan buyon esa aksiz soligidan ozod qilingan edi. Biroq 2019-yilning oktabr oyida chiqqan Prezident qaroriga asosan 2020-yil 1-yanvardan boshlab elektromobillar importi uchun 10 foizli bojxona boji joriy qilingan edi.Prezidentining 9-dekabrdagi qarori esa oktabr oyida joriy qilingan 10 foizli bojxona bojini bekor qildi. Bundan buyon elektromobillarni bojxona boji va aksiz soligisiz import qilish mumkin. Faqat bojxona rasmiylashtiruvi uchun tolovni va QQSni tolash kerak boladi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0