IIV pornografik mazmundagi saytlarga kirganlardan pul talab qilayotgan xakerlar haqida ogohlantirdi

Internet foydalanuvchilari tomonidan pornografik foto va video mahsulotlarni targib qiluvchi internet resurslaridan foydalanish jarayonida ulardan pul talab qilayotgan xakerlar paydo boldi. Bu haqda Ozbekiston Ichki ishlar vazirligi xabar berdi. Foto: Ozbekiston Ichki ishlar vazirligiMalum qilinishicha, fuqarolar tomonidan pornografik foto va video mahsulotlarni targib qiluvchi internet resurslaridan foydalanish jarayonida boshqa shu kabi resurslarga avtomatik tarzda otib ketish oqibatidaOzbekiston Respublikasi IIV Kiberjinoyatlarga qarshi kurash bolimidan bildirishnomasarlavhasi ostida sizib chiquvchi oyna paydo bolmoqda.IIVning xabar berishicha, paydo boladigan oynada foydalanuvchining taqiqlangan saytlarga kirgani sababli goyoki IIV tomonidan u 200 ming som, ayrim hollarda esa 300 ming som miqdorida jarimaga tortilgani haqida xabar chiqadi. Xabarda foydalanuvchi Webmoney elektron tolov tizimi orqali davlat hisobiga tolovni amalga oshirishi kerakligi aytiladi.Shuningdek, yuqorida qayd etilgan jarima tolanmagan taqdirda qurilmada saqlangan kontaktlarga foydalanuvchining pornografik foto va video mahsulotlar joylashtirilgan internet resurslaridan foydalangani haqida hodisa bayoni hamda foydalanuvchiga jarimani tolashi talabi bilan SMS xabar yuborilishi aytilmoqda. Shu bilan birga, foydalanuvchilarning internet brauzeri blokirovka holatiga tushib qolmoqda. Foto: Ozbekiston Ichki ishlar vazirligiUshbu holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligining takidlashicha, Ozbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tarkibidaKiberjinoyatlarga qarshi kurash bolimi nomi bilan faoliyat yurituvchi bolim yoki bolinma mavjud emas. Shuningdek, Webmoney tolov tizimida Ozbekiston IIV tarkibiy va hududiy tuzilmalarielektron hamyonlarga ega emas.IIV fuqarolarni internet tarmogidan foydalanayotganda bu kabi salbiy holatlarga duch kelmaslik uchunfiribgarlarning aldoviga ishonib qolmaslikka chaqirgan hamda bugungi kunda mazkur holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilayotganligini malum qilgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0