Human bandlik agentligi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi boyicha dastlabki tergov harakatlari yakunlandi

IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan Human xususiy bandlik agentligi MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan JKning 168-moddasi 4-qismi a bandi (juda kop miqdorda sodir etilgan firibgarlik) bilan qozgatilgan jinoyat ishi boyicha olib borilgan dastlabki tergov harakatlari yakunlandi. Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti2019-yil 20-sentabrda jamiyat rahbari Sh.Fayzullayevga JKning 168-moddasi 4-qismi a bandi bilan ayblov elon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qollanilgan.Tergov jarayonida 1000 nafardan ortiq fuqaro jabrlanuvchi va fuqaroviy davogar deb etirof etildi hamda ularga jamiyat tomonidan jami 21 milliard somdan ziyod zarar yetkazilganligi aniqlandi.Dastlabki tergov davomida Sh.Fayzullayevga tegishli bolgan xonadonlar, avtomashinalar olingan bolib, ular 6 milliard somdan ortiqroq narxga baholangan, bundan tashqari, jamiyat ofisida va boshqa joylarda bolgan mol-mulklar ham xatlanib, 350 million somdan ziyod narxga baholangan.Shuningdek, zararni qoplash maqsadida Sh.Fayzullayev tomonidan turli xojalik yurituvchi subyektlarning hisob raqamlariga otkazilib, kelib chiqishiga qonuniy tus berilgan 1,5 milliard somga yaqin pul mablaglari xatlanib, IIV huzuridagi depozit hisob raqamiga topshirilgan. Ushbu mol-mulklar keyinchalik sudning qonuniy qarori bilan sotilib, depozitdagi pul mablaglariga qoshilib, jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararni qoplash uchun qaytariladi.Tergov idorasi fuqarolarga yetkazilgan zararni toliq qoplash choralarini korish maqsadida olib borilgan tergov-tezkor harakatlar natijasida MChJ mansabdor shaxslari tomonidan fuqarolardan olingan juda kop miqdordagi jami 15 milliard somga yaqin pul mablaglari 11 ta xojalik yurituvi subyektga turli xil maqsadlarda otkazilib, ularning kelib chiqishiga qonuniy tus berilgani va tadbirkorlar yordamida naqdlashtirilib, ozlashtirilgani aniqlangan.Hozirda ushbu soxta tadbirkorlarga nisbatan jinoyat ishi qozgatilgan. Ulardan ushbu pul mablaglarini qaytarishga qaratilgan barcha kuch-vositalar ishga solinadi va fuqarolarga yetkazilgan moddiy zararni qoplash choralari koriladi.2019-yil 7-dekabrda Sh.Z.Fayzullayevga nisbatan elon qilingan ayblov Jinoyat kodeksining firibgarlik, savdo qoidalarini buzish, rasmiy hujjatlarni qasddan nobud qilish, soxta tadbirkorlik, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va nodavlat tijorat tashkiloti mansabdor shaxsi tomonidan oz vakolatlarini suiistemol qilish jinoyatlari uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari bilan toldirilgan.Hozirda jinoyat ishi yuzasidan ayblov xulosasi tuzilib, ayblov xulosasini tasdiqlash va tegishli sud idorasiga mazmunan korib chiqish uchun berish maqsadida prokuratura idorasiga yuborildi.Mavzuga doir:IIV Human xususiy bandlik agentligi rahbarining ozodlikda ekanligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0