Lokomotiv klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Toshkentning Lokomotiv futbol klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Bu haqida temiryolchilar matbuot xizmati malum qildi. Foto: Lokomotiv matbuot xizmatiEndilikda jamoani Andrey Fyodorov boshqarib boradi. Avvalroq Lokomotiv bosh murabbiyi lavozimida faoliyat yuritgan Samvel Babayan Xitoyning Chanchung Yatay klubiga otgandi.Eslatib otamiz, Babayan yozda aynan Fyodorovning orniga Lokomotiv bosh murabbiyi etib tayinlangandi. 2019-yilgi mavsumni temiryolchilar Fyodorov qol ostida boshlagandi. Biroq jamoaning Osiyo Chempionlar Ligasidagi muvaffaqiyatsiz harakati va Ozbekiston chempionatidagi maglubiyatlardan keyin Fyodorov istefoga chiqarilgandi.Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @daryo_sportga obuna boling!

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0