Propiska haqida taklif berib tanqidga uchragan Ulugbek Pirmuhammedov oz taklifini izohladi

Ozbekiston ekologik partiyasi vakili Ulugbek Pirmuhammedov Toshkentga kelayotgan viloyatliklarning oz hududidagi inspektor royxatidan otishini taklif qildi va bu taklifi uchun turli tanqidlarga uchradi. Ozbekiston ekologik partiyasi azosi Ulugbek PirmuhammedovFoto: Xalqaro press klubMavzuga doir:Video: Ekologik partiya azosi Toshkentga kelayotgan viloyatliklarning oz hududidagi inspektor royxatidan otishini taklif qildiUlugbek Pirmuhammedov mazkur tanqidlarga javoban oz taklifiga izoh berdi. Quyida uning izohi tolaligicha taqdim etiladi.Assalomu alaykum, jonkuyar jurnalist va blogerlar! Bir narsaga etibor berishingizni taklif qilardim. Bildirilayotgan taklif qaysi mavzu muammosiga oidligidan kelib chiqib munosabat bildirsangiz.Avvalo, men Ekologik partiya nomidan emas, balki mustaqil shaxs sifatida fikrimni bildirdim. Korsatuv vaqtida mening shaxsiy fikrim, deb takidlab otdim.Avvalambor, men propiska tizimiga qarshiman. Endi shaxsiy taklifimga etibor bersak, taklifim shundan iboratki, viloyatlardan ishlash maqsadida kelayotgan hamyurtlarimiz malum bir muammolarga uchrayotgani togrisida bir qancha mavzular kotarildi. Aynan Xalqaro press klub bosh prodyuseri Gulomjon Samadov korsatuvda hamyurtlarimizning ishlab turgan joyida profilaktika inspektorlari tomonidan jarimaga tortilayotgani togrisida fuqarolar murojaati oqib eshittirildi. Uch kun ichida royxatga qoymasa, qonuniy chora korish kerakligi togrisida aytib otildi.Bu muammolar togrisida mendan kora siz yaxshiroq bilasiz. Sababi OAV vakillari xalq bilan ozaro doimiy muloqotda. Kerak bolsa, biz ham siz orqali eshitamiz bazi muammolarni. Men ishtirokchi sifatida shaxsiy fikrimni bildirganimda, yaqinlarimiz zarurat yuzasidan ishlash maqsadida kelayotgan bolishi mumkin. Ular malum muddatga kelishsa-da, biz bu yerda ularga royxatdan ot deb tursak, bu odamlar uchun adolatsizlik bolmaydimi?Propiska masalasi juda kop marta kotarilgan. Ayniqsa, blogerlarning kanallarida toliq yoritib berilgan. Oz fikrimni toliq aytib berish imkon bolmadi, lekin qisqacha aytib otsam. Men propiska togrisida emas, balki onlayn royxat, qulaylik va xavfsizlikni yaratish maqsadida taklif qildim. Toshkentga kelayotgan qadrdonlarimiz yashab turgan hududlaridagi inspektorlar tomonidan royxatdan otishsa, Toshkentda muammolarga duch kelmasligi uchun onlayn royxat olinsa va bu royxat, yani onlayn portal dasturi orqali aks etsa, PPS tomonidan kochadan ushlab ketish holatlari kuzatilganda, bu dastur hamyurtlarimiz huquqini himoya qiluvchi vosita vazifasini bajarardi. Balki shunda hamyurtlarimiz noroziligiga sabab bolayotgan muammo qaysidir manoda oz yechimini topar edi. Taklifda qiyinchiliklarga duch kelayotgan hamyurtlarimizni kamsitish nazarda tutilmagan, balki ularning huquqini himoya qilish va ularga sharoit yaratish maqsadi bor edi. Vaholanki, hech birimizning haqimiz yoq mahalliychilik qilishga, hammamiz teng huquqli fuqaromiz. Axir Ozbekiston Respublikasida bitta yashil pasport bor. Fikrlarimni boshqacha talqin qilmaslikni sorar edim.Ulugbek Pirmuhammedov, Ozbekiston ekologik partiyasi azosi

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0