O‘zbekistondan Saudiyaga Umra aviaparvozlari ikki baravar ko‘paytirildi

Joriy yilning 10-dekabridan O‘zbekistondan Saudiya Arabistoniga Umra aviaqatnovlarini bir kunda ikki martadan amalga oshirish boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati ma’lum qildi. Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasiShu kunga qadar Umra havo qatnovlari bir kunda bir mahal edi.Ziyoratchilar soni ham ikki baravarga oshdi. Har bir aviaqatnovda 245 nafardan jami kunlik ziyoratchilar soni qariyb 500 nafarga yetdi. Mana shunday “Umra—2019/20” mavsumi parvozlari 2020-yil yoz oylariga qadar davom etadi.O‘zbekistonliklar ushbu o‘n kunlik umra safari davomida Madina shahrida 3 kun, Makka shahrida 7 kun bo‘ladi. Ular mazkur shaharlarda barcha sharoitlarga ega mehmonxonalarda istiqomat qiladi hamda ishchi guruhi, ellikboshilar va malakali shifokorlar xizmatidan foydalanadi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0