Saudi Aramco Apple’ni ortda qoldirib, dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylandi

Saudiya Arabistonining Saudi Aramco neft kompaniyasi aksiyalari birja savdolarining birinchi kunidan 10 foizga qimmatlashdi, deb xabar berdi Bloomberg. Foto: BloombergDastlabki bahosi 8,5 dollar bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning narxi 9,4 dollarga qimmatlashib, kompaniya kapitali rekord daraja — 1,88 trillion dollarga yetdi.Uzoq muddat davomida dunyodagi eng serdaromad hisoblangan Apple kompaniyasining kapitali esa 11-dekabr, chorshanba kungi holatga ko‘ra 1,2 trillion dollardan sal kamroqni tashkil etdi.Birja savdolarida Saudiya Arabistoni kompaniyasi 25,6 milliard dollar jalb qilib, rekord natija ko‘rsatdi. Bu borada avvalgi rekord 25 milliard dollar bilan Xitoyning Alibaba kompaniyasiga tegishli edi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0