Shavkat Mirziyoyev davlat ishtirokidagi 2819 ta korxonaning samarasiz ishlayotganini tanqid qildi

Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-dekabr kuni davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish natijadorligi va bu yonalishdagi ustuvor vazifalarga bagishlangan yigilish otkazdi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati. Foto: Prezident matbuot xizmati20172021-yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich kamaytirish maqsadi ham belgilangan edi. Shunga muvofiq, joriy yil 14-yanvarda Prezidentning Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi farmoni qabul qilindi.Otgan qariyb bir yil mobaynida korxonalarning ustav kapitalidagi davlat ulushini samarali boshqarish, iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy soglomlashtirish boyicha muayyan ishlar amalga oshirildi.Tahlillarga kora, bugungi kunda mamlakatda 2819 ta davlat ishtirokidagi korxonalar mavjud. Ularning aksariyati eski usulda, samarasiz ishlagani sababli hatto dividend tolay olmaydi.Prezident bu holatni jiddiy tanqid qildi.Davlat ishtirokini hech zarurat bolmagan sohalarda ham saqlab turibmiz. Davlat korxonalarini boshqarish, faoliyati samarasini oshirish, ularning funksiyalarini xususiy sektorga berish boyicha hali sezilarli ozgarishlar bolmadi, dedi Shavkat Mirziyoyev. Foto: Prezident matbuot xizmatiShu bois yigilishda 2020-yilda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish boyicha yangi vazifalar belgilandi.Avvalo, bunday korxonalarni isloh qilish yoki tugatish, saqlash yoki xususiy sektorga berish masalasini organish boyicha Bosh vazir, uning orinbosarlari va maslahatchilari boshchiligida ishchi guruhlar tashkil etildi.Jumladan, axborot texnologiyalari sohasidagi 140 ta korxona, hududlardagi kommunal, qurilish va xizmat korsatish subyektlariga tegishli 1573 ta, geologiya, metallurgiya, moliya tashkilotlari boyicha 137 ta, yengil sanoat, mashinasozlik va elektrotexnika tarmoqlaridagi 49 ta, ijtimoiy soha, turizm va farmatsevtika yonalishidagi 449 ta, kimyo, neft-gaz, energetika sohasidagi 42 ta, qishloq xojaligi va oziq-ovqat tarmogidagi 330 ta, sanoat zonalaridagi 99 ta korxona boyicha alohida ishchi guruhlar tuzilib, ularning har biriga moliya vaziri orinbosarlari biriktirildi.Ishchi guruhlarga bir oy muddatda har bir korxonani toliq xatlovdan otkazib, ularning rentabelligi, hozirgi quvvati va istiqbolini tahlil qilgan holda, 2020-yilga moljallangan aniq reja va takliflar ishlab chiqish topshirildi.Koplab kompaniyalar moliyaviy hisobot yuritish, ichki nazorat va audit otkazish, boshqaruvga mustaqil azolarni kiritish kabi masalalarda oqsayotgani korsatib otildi. Foto: Prezident matbuot xizmatiMutasaddilarga mazkur kompaniyalarda korporativ boshqaruvni keng joriy etish, bazaviy sohalardagi 32 ta yirik korxonani isloh qilishni jadallashtirish boyicha topshiriqlar berildi.Samaradorlikning muhim korsatkichlari KPI (Key Performance Indicators) har bir korxonada ishlab chiqilishi va muntazam nazorat qilinishi lozimligi takidlandi.Davlat ulushi boyicha dividendlar hisoblanishi va budjetga otkazilishini nazorat qilish tizimini takomillashtirish boyicha ham vazifalar belgilandi.Transport vazirligida loyiha ofisi tuzib, ushbu sohadagi korxonalarga xususiy sektorni jalb etish yuzasidan korsatmalar berildi.Xususiylashtirishga oid yondashuvlarni tubdan yangilash, xalqaro ekspertlarni jalb etib, bu borada bozor iqtisodiyotiga xos va mos tizimga otish zarurligi takidlandi.Xususiylashtirish va korporativ boshqaruv boyicha mutaxassislar tayyorlash hamda malakasini oshirish, davlat ishtirokidagi korxonalar rahbarlarini shu borada oqitish muhimligi qayd etildi.Yigilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0