Boshlangich sinf oquvchilariga nonushta kerakmi?

Songgi yillarda talim muassasalari moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, oqitish sharoitlari tubdan yaxshilanmoqda. Biroq kopchilik ahamiyat qaratmayotgan bir masala borki, talimning asosiy poydevori bolgan boshlangich talimda bolalarning puxta bilim olishiga xalal bermoqda. Xalq demokratik partiyasi boshlangich sinf oquvchilari uchun nonushta tashkil etish tashabbusi bilan chiqyapti.Oquvchilarni nonushta bilan taminlash mustaqillikning dastlabki ikki-uch yiligacha davom etdi. Osha yillari talim olganlar juda yaxshi eslaydi: ertalab ishtahasi yoqligi yoki maktabga kechikayotgani tufayli uydan nonushta qilmay ketgan farzandidan qariyb biror ota-ona xavotir olmas edi. Chunki maktabda beriladigan nonushtaning bolasiga darsdan qaytgunicha bemalol quvvat bolishiga ishonchi komil edi.Otish davridagi iqtisodiy qiyinchiliklar, xususiylashtirish bilan bogliq ayrim masalalar nonushta masalasini ham butkul kun tartibidan chiqarib yubordi. Hozir davlatimiz iqtisodiy jihatdan ozini tiklab, shiddat bilan rivojlanayotganiga qaramay, bu masalaga etibor qaratishning imkoni bolmayapti.Shifokor tanishimning aytishicha, u ishlaydigan tibbiyot muassasasi yonidagi maktab oqituvchilari oqtin-oqtin dars chogida holsizlangan oquvchilari yetaklab kelib, shifokorga murojaat qiladi.Bu bolalarning aksariyati boshlangich sinf oquvchilari bolib, ularda birorta jiddiy kasallik alomatlari sezilmaydi. Suhbat asnosida bolalarning maktabga kelishdan oldin turli sabablarga kora durustroq tamaddi qilmagani malum boladi.Maktablarda nonushtaning tashkil etilishi mana shu kabi holatlarning oldini olishga xizmat qiladi. Qorni toq bolaning fikrlashi, bilimni qabul qilish darajasi qorni och bolanikiga nisbatan yuqori bolishi kop kuzatilgan. Ayniqsa, boshlangich talim yoshidagi bolalar ota harakatchan bolib, ertalab tamaddi qilgan yeguliklari ularning sarflagan quvvati ornini toldirolmaydi, deydi shifokor.Bolalarning nonushta qilmagani bilan bogliq muammolar koproq oqituvchilarga ortiqcha tashvish tugdiradi. Sababi, muallim oquvchining maktabdan kelib, to ketguniga qadar javobgar. Ilgari darsdan keyin kuni uzaytirilgan guruhlarda nonushta berilardi. Ancha tetiklashib qolgan bolalar bilan kechgacha ishlash juda oson kechardi.Hozirgi kunda oquvchilarimni kuzataman: ayrimlari nonushta uchun pul olib keladi, ayrim bolalar esa ertalabdan nonushta qilmay, pulsiz keladi. Bazan dars otishda juda qiynalib ketaman. Qorni och bolaning miyasiga hech narsa kirmaydi. Qishloq joyda na oshxona, na issiq ovqat bor.Hech bolmaganda boshlangich sinf bolalari uchun issiq ovqat tashkil qilinsa, yaxshi bolardi.Talim samaradorligi birmuncha yaxshilanardi, deydi boshlangich sinf oqituvchilaridan biri.Bolalarning nonushta uchun olib kelgan puli nimaga ham yetardi. Qishloq joylarda esa maktab bufetlari ishlamaydi. Sababi, ijara puli qimmat. Bolalar uyidan ming, juda borsa, ikki ming som olib keladi. Bu pulga nimayam olardi. Vitaminga boy hech narsa bermaydi. Bitta nonni tortga bolib ichiga sabzili salat va bir bolak kolbasa solingan yemak olib yeyishadi. Shu bilan maktabda dars tugaguncha yurishadi. Ehtimol, shaharlarda ota-onalar bolalariga koproq pul berar, ammo qishloq hududlarda bolasining nonushtasi uchun pul ajratish ota-ona uchun ortiqcha. Hozir hech qayerda nonushta yoq, menimcha. Lekin qoshimcha tamaddi tashkil etilsa, oquvchilarga koni foyda bolardi. Chunki qorni toq bolaning miyasi yaxshiroq ishlaydi. Tushlikkacha toliqib ham qolmaydi. Dars jarayonida diqqati chalgimaydi. Xayoli ovqatdamas, darsda, fanlarda boladi, deydi muallimalardan yana biri.Maktablarda tashkil etiladigan nonushtaning ratsionga boy, toyimli, tabiiy mahsulotlardan tayyorlanishi oquvchilarning nafaqat puxta bilim olishi, balki soglom va durkun osishiga ham yordam beradi. Bugun unib osayotgan bolalarning tomogidan tejab qolingan arzimas mablag ertaga mamalkatga foyda keltirmaydi. Millat genofondining zaiflashuviga, pirovardida xalqning zarariga xizmat qiladi. Chunki sillasi qurigan boladan kora, iligi toq bolani ulgaytirish, gap uqtirish, talim-tarbiya berish oson.Xalq demokratik partiyasi bu goya amalga oshishi uchun kurashadi. Yordam berishni istasangiz, partiyamizdan korsatilgan nomzodlarga ovoz bering!Sirojiddin Shonazarov, OzXDP Markaziy Kengashi yetakchi referentiReklama huquqi asosida.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0