Chiroyli avtomobil raqamlarini sovga qilib boladimi?

Ozbekistonda 2017-yildan buyon avtomobillarning chiroyli raqamlari birja savdolari orqali amalga oshirilmoqda. Foto: OzAOzAning yozishicha, 2019-yil yanvar-noyabr oylarida mazkur savdolar orqali 33 ming 182 ta 141,2 milliard somlik avtoraqam savdolari amalga oshirildi. Ushbu mablaglar davlat budjetiga va Ichki ishlar vazirligiga tegishli miqdorda otkazib berildi.Bu raqamlarni Ichki ishlar vazirligi yol harakati xavfsizligi bosh boshqarmalari savdoga qoyib boradi. Auksionda raqam belgilari I, II, III toifalarda hamda Toshkent shahri uchun alohida oshirilgan stavkalarda lotga qoyiladi.Misol uchun, birinchi toifada 01 A 001 CA raqami oshirilgan stavka boyicha auksiondagi boshlangich narxi eng kam ish haqining 100 baravarida, 01 777 AAA esa eng kam ish haqining 130 baravarida belgilangan. Bu miqdor viloyatlarda arzonroq bolib, eng yuqori miqdor 25 va 30 barobarni tashkil etadi.Elektron tijorat va xaridlarni tashkillashtirish bolimi boshligi Jasur Yunusovning takidlashicha, savdoni bilib bolmaydi, kuniga bitta ham raqam sotilmasligi yoki yuzta raqam sotilishi mumkin. Qaysidir hudud uchun bazi kunlari umuman avtoraqam sotuvga chiqarilmasligi ham kuzatiladi. Bir kunda 45 raqam qoyilsa, narxlar pastroq boladi. Lekin ular savdoda bitta qoyilsa, narx oshib ketishi ham mumkin.Qadam va qadam auksion savdosi oziga xos bolib, jarayon bazida kunlab davom etishi mumkin ekan. Misol uchun, boshlangich narx 1 million 115 ming. Oxirgi narx 5 million 218 ming. Keyingi narx avtomatik ravishda 5 million 229 ming boladi. Buni bosgandan keyin yana yangi narx chiqadi va shunga rozi bolganlar savdoda ishtirok etadi. Har bir ishtirokchidan keyin savdo 10 daqiqa choziladi.Negaki hamma ishtirokchiga imkon berish kerak.Hamma oxirini kutib turib, tugashiga bir necha daqiqa qolganda 10 million berib, olib qoysa boshqalar norozi boladi: Bundan koproq narx bermoqchi edim, savdo tugab qoldi deb. Shuning uchun songgi daqiqalarda kimdir narx bersa savdo yana davom ettiriladi. Agar 10 daqiqa tugaganda hech kim tugmani bosmasa, oxirgi ishtirokchi golib boladi va raqamni pasport malumotlari asosida oladi, deydi Jasur Yunusov.Auksion savdolarda ishtirok etmoqchi bolganlar bilish kerak bolgan bir jihat bor. Siz chiroyli nomerni kimgadir olib bermoqchi yoki sovga qilmoqchi bolsangiz, bunday qilmaganingiz maqul. Shuningdek, avtosalonlarga ishonib, yoq avtomobil uchun savdoda ishtirok ham etmang. Chunki savdolar yakunidan song golib besh ish kuni mobaynida avtoraqam boyicha toliq tolovni otkazishi va 10 kun davomida avtoraqamni rasmiylashtirib olishi kerak.Shuningdek, savdoda ishtirok etayotganda nomingizda avtomobil rasmiylashtirilgan bolishi kerak, aks holda avtomobil davlat raqamini ololmaysiz. Misol uchun, avtosalondan mashina bir haftada chiqadi degan vadani olgan mijoz oziga yoqqan raqamni auksionda sotib oladi. Biroq aytilgan muddatda mashina avtosalondan chiqmay qoladi va raqam royxatdan otkazilmaydi. Elektron tizim 10 kun kutib, keyin avtomatik ravishda shaxs nomiga jarima chiqaradi. Xaridor ham jarima tolaydi ham avtomobil davlat raqamidan ayriladi.Qisqasi chiroyli avtomobil davlat raqamlarini har bir shaxs faqat ozi uchun oladi. Turmush ortogi, qarindoshi yoki tanishiga olib bermoqchi bolgan holatda muammo kop boladi. Yoki avtoulovni ishonchnoma bilan haydab yurgan holatda davlat raqami xarid qilish ham shart emas.Avval ozingizga tegishli bolgan avtotransport vositasiga avtoraqamni rasmiylashtirib, songra belgilangan tartibda yaqin qarindoshlarining avtotransportlariga qayta rasmiylashtirib berish mumkin. Bunda yaqin qarindoshlariga ota-ona, tugishgan va ogay aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzandlar, shu jumladan, farzandlikka olinganlar, bobosi, buvisi, nevaralar, shuningdek, er-xotinning ota-onasi, tugishgan va ogay aka-ukalari va opa-singillari kiradi.Auksionda ishtirok etmoqchi bolsangiz, vositachilarga ishonib qolmang. Mutaxassislar ozingiz ishtirok etishingizni tavsiya etmoqda. Aslida ham bunday savdolardan kozlangan maqsad olibsotarlikning oldini olish. Yoqsa, chiroyli raqam xarid qilgan odam uni qayta sotib ikkinchi bozorni yuzaga keltirishi mumkin. Ana shunday holatlarning oldini olish va adolatni taminlash uchun savdoda ishtirok etgan shaxsning nomida avtomobil bolishi kerakligi talab etiladi.Yana bir gap. Xaridor komission tolovlar ham tolaydi. Misol uchun, 5 million 229 ming somlik raqamni olishi uchun 111 ming som yoki 5 foiz komission tolov kerak boladi, deyiladi xabarda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0