Qoraqalpogistonda saksovul ogrilari ekologiya va IIB xodimlariga hujum qildi

Qoraqalpogiston Respublikasi Qoraozak tumani Qoybaq ovul fuqarolar yigini hududida saksovul ogrilari Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qomitasi inspektorlari hamda ichki ishlar xodimlariga hujum qildi, deb xabar beradi OzA. Foto: OzASaksovul ogrilari Beruniy tumani fuqarolari ekanligi aytilmoqda. Lekin hozircha rasmiy malumot yoq. Qoraqalpogiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati mazkur hodisa haqida batafsil malumot keyinroq berilishini takidladi.Biz navbatdagi reydga 5 kishi bolib chiqqan edik. Ichki ishlar bolimidan ham 2 nafar xodim bor edi. Saksovul ortilgan ikkita UAZ avtomashinasining iziga tushdik. Avtomashinalarni toxtatish boyicha belgi berdik, lekin ular boysunmay qochdi.Takidlanishicha, avtomashinalarga davlat raqamlari taqilmagan bolgan. Ularni toxtatish uchun qisqa yoldan yurib, oldini tosmoqchi bolishganida ular mashinaga kelib urilgan. Song ikki mashinadan 8 nafar odam chiqib, inspektorlarga tashlangan. Natijada qonunbuzarlar voqea joyidan qochib ketishga muvaffaq bolgan, deydiQoraozak tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat inspeksiyasi 1-darajali inspektori Bahram SapayevIsmi-sharifi aytilishini istamagan yana bir inspektor bu kabi holatlar kop sodir bolayotganini malum qilgan.Hozir noqonuniy saksovul qoporuvchilarni hamma joyda uchratish mumkin. Ularni toxtatib bolmayapti. Biz reydga chiqadigan bolsak, transportga sarf-xarajatni oz yonimizdan tolaymiz. Transport yetishmaydi. Qomita bizlarga hattoki maxsus kiyim ham bergani yoq. Formani ozlaringiz tiktirib oling, degan ogzaki topshiriq keldi. Lekin bitta komplekt kiyimni olish uchun kamida 600 ming som pul ketadi. Yani maoshimizning yarmi ketib qoladi. Yana har reydga chiqqanda hamyonimizdan 300 ming som xarajat qilamiz, deydi inspektor.Qoraqalpogiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qomitasi matbuot xizmatining malumot berishicha, yangi yildan boshlab inspektorlar transport va maxsus kiyimlar bilan taminlanadi.Qoraozak tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat inspeksiyasi boshligi Quat Tajimuratovning sozlariga kora 8-dekabr kuni soat 02:30 lar atrofida Qoybaq OFY hududida davlat belgisi 95 948 AA bolgan saksovul ortgan UAZavtomobili toxtatilgan. Beruniy tumani Shimom OFY fuqarolari bolgan J.M. va Q.A. tomonidan tabiatga keltirilgan zararning umumiy bahosi 5 million 600 ming som deb topilgan.Mavzuga doir: Zarafshonda saksovul kesgan fuqarolar 2,2 mln som jarimaga tortildi Qoraqalpogistonda saksovul ogirlagan 7 kishining har biri 7 milliondan ortiq jarimaga tortildi Noqonuniy olib ketilayotgan saksovullar xayriya maqsadida Qoraozak tumani Madeniyat OFY hududidagi gaz yetib bormagan 11-sonli maktabgacha talim tashkilotiga topshirilgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0