Huawei Federal aloqa komissiyasi buyrugini bekor qilish borasida sudga murojaat qildi

5-dekabr kuni Huawei kompaniyasi Federal aloqa komissiyasiga (FAK) qarshi davo qozgatdi va sud 22-noyabrdagi noqonuniy FAK qarorini bekor qilishni talab qildi.Ushbu buyruqqa muvofiq Amerikaning qishloq joylaridagi aloqa operatorlariga Huawei uskunalarini sotib olish uchun Universal servis jamgarmasi (USJ) bilan boglanish taqiqlangan.AQShning beshinchi okrugi boyicha apellyatsiya sudiga berilgan murojaatnomada Huawei kompaniyasi milliy xavfsizlikka tahdid solishi borasida komissiya tomonidan tegishli huquqiy asosnoma yoqligi sababli FAK qarorini noqonuniy deb elon qilishni suddan soraydi. Huawei vakillari fikricha, FAKning asossiz xulosalarini isbotlaydigan dalillar yoqligi, AQSh Konstitutsiyasida etirof etilgan qarorlarni boshqarish tartibi togrisidagi qonunga ham ziddir.Kelib chiqishi Xitoydan bolgani uchungina Huawei kabi kompaniya faoliyatini veto qoyish orqali cheklanishi kiber-xavfsizlik muammosini hal qilmaydi, dedi Huawei bosh yuristi Sun Lyupin matbuot anjumanida.Janob Sunning takidlashicha, 2018-yil mart oyida FAK ilk bor ushbu bayonot bilan chiqish qilganidan keyin FAK raisi Ajit Pay va komissiyaning boshqa mutasaddilari Huawei xavfsizlikka tahdid solishi va Huawei hamda mintaqaviy aloqa operatorlari tomonidan keltirilgan dalil va etirozlarini etiborsiz qoldirgan va oz davosini tasdiqlovchi hech qanday dalil taqdim etmagan.Huawei, shuningdek, ushbu qaror chekka hududlardagi odamlar va biznesga qanday zarar yetkazishi mumkinligini batafsil tushuntirgan holda 21 nafar qoshimcha sharhlarni yolladi. FAK ularning barchasini etiborsiz qoldirdi, dedi janob Sun.Montana, Kentukki va Vayoming shtatlaridagi kichik shaharlardagi aloqa operatorlari Huawei bilan ishlashni afzal korishadi, chunki kompaniya ishlab chiqarilayotgan uskunalarning sifati va ishonchliligiga juda ehtiyotkorlik bilan yondashadi, deya qoshimcha qildi bosh maslahatchi. FAK AQShning olis qishloq tumanlarini ozaro aloqa bilan taminlash boyicha birgalikdagi harakatlarimizni toxtatmasligi lozim.Sud jarayonida kompaniyani himoya qilishni taminlaydigan advokatlar guruhining rahbari Glenn Neygerning sozlariga kora, FAK shunchaki meyoriy bolmagan nizomni tasdiqlagan va uning vakillari etiroflariga kora faqat Huawei va boshqa Xitoy kompaniyasi uchun ishlab chiqilgandir.Bundan tashqari Neyger takidlaganidek, FAK tomonidan qabul qilingan qaror tashkilotning qonuniy vakolati doirasidan tashqariga chiqadi, chunki FAK milliy xavfsizlik masalalari boyicha qaror qabul qilish yoki bunday qarorlar asosida USJ mablaglaridan foydalanishga cheklovlar qollash vakolatiga ega emas. Aslida komissiya na professional va na xavfsizlik sohasida vakolatga ega emasdir.Neyger sozlariga kora, Huaweini FAK tomonidan milliy xavfsizlikka tahdid sifatida tan olishi qonuniy va daliliy asosga ega emas. Komissiyaning bunday qarori Xitoy qonunlarini tubdan tushunmaslik va dalillarga emas, asossiz, ishonib bolmaydigan va qabul qilib bolmaydigan ayblovlar va hujumlarga asoslangan. Kompaniyani xavfsizlikka tahdid deb tan olinishi, otaketgan kamsitish va xurofotdir.Huawei kompaniyasining korporativ aloqalar boyicha vitse-prezidenti Karl Sungning takidlashicha, FAKning tutgan nuqtai nazari Huawei uskunalariga bevosita bogliq bolgan Amerikaning chekka qishloqlardagi aloqa sifatiga tahdid qilmoqda, chunki boshqa sotuvchilar aholi juda kichik miqdorda bolgan va borish qiyin bolgan joylarda ishlashga tayyor emas. Uning qoshimcha qilishicha, kompaniyaning faoliyatiga veto qoyish va almashtirish borasidagi taklifi yuzlab million dollar zarar keltiradi va hatto bazi kichik aloqa operatorlarining kasodga uchrashiga olib kelishi mumkin.Reklama huquqi asosida.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0