Orol dengizining 700 ming gektar qurigan maydonida ormonzorlar barpo qilish boshlandi

Orol dengizining qurigan maydoniga yashil qoplama himoya ormonzorlarini barpo qilishning navbatdagi mavsumi boshlandi. Bu haqda OzA xabar bermoqda. Foto: OzAMoynoq tumaniga qarashli sobiq Vozrojdeniye oroli hududida samolyotda urug ekish ishlari boshlandi.20192020-yillarda dengizning qurigan maydoniga, yani Vozrojdeniye va Aqpetkey hududlaridagi 700 ming gektar maydonda yashil qoplama himoya ormonzorlari barpo qilish uchun chol osimliklarini ekish belgilangan. Shu maqsadda 100 ming gektar maydonda kochat ekish, 510 ming gektar maydonda samolyot yordamida urugdan ekish hamda 90 ming gektar maydonda texnika yordamida urugdan ekish rejalashtirilmoqda, deydi Qoraqalpogiston Respublikasi Ormon xojaligi qomitasi raisi orinbosari Erniyaz Akimniyazov.Bugungi kunda Qoraqalpogiston Respublikasi ormon xojaligi qomitasi tarkibidagi davlat ormon xojaliklari tomonidan 241 gektar maydonda saksovul urugidan kochatxona tashkil etilib, shundan 61 million dona saksovul kochati yetishtirildi hamda 700 tonnaga yaqin chol osimliklarining uruglari tayyorlandi. Urug tayyorlash ishlari davom etmoqda.Malumot uchun, 20182019-yillarda Orol dengizining qurigan maydonlarida 1500 nafarga yaqin ishchi kuchi yordamida 1532 tonna chol osimliklari urugi (saksovul urugidan 1459 tonna va qorabaraq urugidan 73 tonna) tayyorlangan edi.Keng qamrovli obodonlashtirish ishlarida 2 ta samolyot (AN-2) va 500 ga yaqin maxsus texnikadan foydalanilgan. Ular yordamida 1 million 126 ming gektar maydonda qariq (borozda) tortish ishlari olib borildi va 461 ming gektar maydonda saksovul uruglari ekildi, kochatlari otqazildi.Ekish ishlari mart oyiga qadar davom etadi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0