Yangi yildan boshlab yana bir faoliyat turi uchun litsenziya olish talab etilmaydigan boldi

Ozbekiston Respublikasi yol xojaligi tizimini chuqur isloh qilish chora-tadbirlari togrisida Prezident farmoni qabul qilindi, deb xabar beradi Huquqiy axborot. Foto: OzavtoyolFarmonga kora, 2020-yil 1-yanvardan boshlab: avtomobil yollarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va kapital tamirlash, shuningdek, yol-qurilish ishlarini texnik nazorat qilish uchun yangidan boshlanadigan obyektlar boyicha shartnomalar faqat davlat xaridlari togrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq otkaziladigan tanlov (tender) yakunlari boyicha tuziladi; yol-qurilish ishlari boyicha konsalting xizmatlari (texnik nazorat) mustaqil tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin; Toshkent shahri kochalarini qurish va tamirlash boyicha buyurtmachining funksiyalarini sinov tarzida Toshkent shahar hokimligi amalga oshiradi. Shuningdek, 2020-yil 1-yanvardan boshlab, neft bitumining yollarga moljallangan markalarini sotish sohasida foaliyat olib borish huquqi uchun litsenziya olish talab etilmaydi.Farmonga muvofiq, yol-qurilish korxonalari MChJ etib qayta tashkil etilgan holda Avtomobil yollari qomitasi tarkibidan chiqarildi. Yolqurilish AJ tashkil etildi hamda qomita tarkibidan chiqarilgan korxonalarning ustav jamgarmalaridagi davlat ulushi mazkur AJga otkazildi.Avtomobil yollari qomitasi avtomobil yollari sohasidagi maxsus vakolatli organ va avtomobil yollarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, tamirlash va ekspluatatsiya qilish boyicha ishlarning yagona buyurtmachisi etib belgilandi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0