Senator Maqsuda Vorisova Islom Karimovga millionlab ish orinlari haqida soxta axborotlar kiritilganini malum qildi

Siyosiy partiyalar vakillari ishtirokida suratga olinayotgan Demokratik debat tok-shousining 10-dekabr kungi sonida Ichki va tashqi migratsiya, xususan, mehnat muhofazasi, huquqiy himoya va migrantlarning pensiya taminoti masalalari muhokama qilindi, deb xabar beradi Kun.uz. Foto: OzAUnda Xalq demokratik partiyasi vakili sifatida sozga chiqqan Boymurod Yusupov Ozbekistonda otgan davrda fuqarolarga yaratilgan ish orinlari borasida yolgon hisobotlar avj olgani haqida gapirdi. Jumladan, Har yili millionlab ish orni yaratish bu noreal korsatkich, lekin shunday bolar edi-ku. Hisobotlarda ham bu narsa aytilardi, dedi u.Debat davomida Boymurod Yusupovga OzLiDeP partiyasi vakili Nuriddin Murodov tomonidan xosh, yolgon hisobotlar avj olgan ekan, siz bunga qarshi nega kurashmadingiz? mazmunida savol berildi.Savolga Xalq demokratik partiyasining boshqa bir vakili, senator Maqsuda Vorisova javob berdi.Kurashganmiz, tekshiruvlar otkazganmiz. Masalan, 20132014-yillarda ham Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovga millionlab ish orinlari yaratilgani haqida soxta axborotlar kirardi. Tushunyapsizmi, yiliga millionlab. Bunda yaratilgan ish orinlari borasidagi raportlar Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi va yana ayrim shaxslar tomonidan tayyorlanardi.Bizning osha vaqtdagi spikerimiz Boymurod Yusupov Sirdaryo va Jizzax viloyatlariga borib kollejlar va ularni bitirgan yoshlarning ishga joylashishi borasida korxonalarda tekshiruv otkazgan. Tabiiyki, natijalar juda katta yolgonlarni ochib tashlagan. Biz natijalarni katta bosim, tavakkal bilan boshimizni kundaga qoyib Prezidentga yetkazdik. Shu malumotlar asosida Birinchi Prezident kopchilikka chora kordi, yolgon hisobotlar ham yoqotildi, deydi Maqsuda Vorisova.Maqsuda Vorisova avvalroq Toy shartnomasi imzolashni yolga qoyishni, toylarni militsiya nazoratida otkazishni taklif qilgani,Milliy tiklanish demokratik partiyasi bosh nashri bolgan gazetaning oxirgi sonidagi anonsda XDP azosi Maqsuda Vorisovaning Rossiya kommunistlari yetakchisi Gennadiy Zyuganovga qanday qarindoshligi bor? sarlavhali maqolasabab gazetani sudga berishini aytgani bilan tanilgandi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0