Buxoroda o‘zidan o‘n bir yosh kichkina litsey o‘quvchisini kaltaklagan fuqaro qo‘lga olindi
Buxoro viloyati Kogon shahrida yashovchi 1992-yilda tug‘ilgan fuqaro F.R. Buxoro tibbiyot instituti qoshidagi akademik litseyning 1-kurs o‘quvchisini kaltakladi, deb xabar beradi IIV.2-dekabr kuni soat 19:00 larda F.R. akademik litsey yotoqxonasida bo‘lgan o‘zaro janjal oqibatida vaqtincha shu yotoqxonada yashovchi, 2003-yilda tug‘ilgan fuqaro D.N.ning qorin qismiga urib-tepib jarohat yetkazgan.Natijada jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan. F.R. esa ushlangan.Mavzuga doir: O‘zbekistonda o‘qituvchi o‘z o‘quvchisini ayovsiz kaltakladi (video)Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Manba: Daryo.uz
Manba: Daryo.uz