Qozogistonda qarta bilan odamlarni chuv tushirgan ozbekistonlik firibgarlar qolga olindi

Qozogiston shimolidagi Pavlodar viloyatida politsiyachilar mahalliy aholini qarta oyinlari bilan aldab kelgan firibgarlar guruhini qolga oldi, deb xabar beradi Pavon.kz. Foto: Pavon.kzGumonlanuvchilar oz qurbonlarini shahar bozorlaridan qidirgan. Guruh azolaridan birixaridorlar oldiga kelib, uni qiziqtiradigan tovar omborda borligini bildirgan. Shu vaqt ularning oldiga yana bir necha odam kelib, ularga ham xuddi shu tovar zarurligini malum qila boshlaydi.Shundan keyin ular mashinada ombor tomon yol oladi, firibgarlardan biri tovarni olib kelgani jonagan paytda boshqalar qurbonga vaqtni otkazish uchun pulga qarta oynashni taklif etadi. Shubhani yoqotish uchun qurbonning yutishiga bir necha bor yol qoyib beriladi. Orada kimdir tikilgan pulni kotarishni taklif qiladi, ishtirokchilardan biri hech nimadan shubha qilmagan oyinchiga qarz berishga ham rozi boladi. Natijada tovar uchun kelgan mijoz yutqazib, katta miqdorda qarz bolib qoladi.Politsiyachilarning malumotlariga kora, firibgarlar kamida ikki nafar pavlodarlikni aldashga ulgurgan. Ulardan biri million tenge (2,6 ming dollar), ikkinchisi 30 ming tenge (78 dollar) yutqazgan. Qolgan jabrlanuvchilarni qidirish ishlari olib borilmoqda.Firibgarlikda gumonlanayotgan ikki nafar shaxs Pavlodarda, yana tort nafari Ekibastuzda qolga olingan. Qolga olingan shaxslar 4070 yosh oraligida. Ularning besh nafari Ozbekiston fuqarosi bolsa, bir nafari qozogistonlik. Hozirda sudga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Qozogiston Jinoyat kodeksining 190-moddasiga (Firibgarlik) kora, ularning aybi isbotlangudek bolsa, on yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0