Ozbekistonda aviachiptalar arzonlashishi mumkin

Ozbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi tomonidan tayyorlangan turizm sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasi mamlakatda aviachiptalar narxini arzonlashtiruvchi chora-tadbirlarni ham kozda tutadi. Hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun elon qilingan. Foto: Gazeta.uzFarmon loyihasiga kora, mahalliy va xorijiy kompaniyalarni olib kirilgan aviayoqilgi va yoqilgi-moylash materiallari, shuningdek, aviayoqilgi va yoqilgi-moylash materiallari tayyorlash maqsadida olib kelinadigan xomashyo uchun bir necha yilga bojxona tolovlaridan ozod qilish rejalashtirilmoqda.Shuningdek, xorijiy aviakompaniyalardan tranzit vaqtida korsatilgan aeronavigatsiya xizmatlari boyicha muddati otgan debitorlik qarzlari uchun jarima olishni toxtatish kozlanmoqda.Ozbekistonning rezident aviakompaniyalarini esa ishlab chiqarilganiga 10 yil tolmagan, TIF tovar raqami 8802, 8803 va 8805 bolgan samolyotlarni olib kirganlik uchun bojxona bojlaridan ozod qilish rejalashtirilmoqda. Bunday imtiyozni faqat mijozlarga xizmat korsatish uchun ishlatiladigan dunyo brendlarining alkogol mahsulotlari va xizmat korsatish jihozlariga ham qollash taklif qilinmoqda.Havo kodeksiga esa qaytarilmaydigan va yuksiz tariflardan foydalangan holda aviatashuvlar narxini optimizatsiya qilish mexanizmini joriy qilishni kozda tutuvchi ozgartirish kiritish rejalashtirilgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0