Samarqandda qiziga tegajoglik qilgan shaxsni urib oldirgan ota 17 yilgaqamaldi

2019-yilning yozida hamshishasini temir bolagi bilan urib oldirgan erkak 17 yilda ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Daryo muxbiri Farhod Norbotayev xabar bermoqda. Foto: Kapital2019-yilning 2-iyul kuni soat taxminan 13:30 atrofida giyohvandlik moddasi istemol qilib, mast bolgan Shukrullo Xurramov Urgut tumani Goyibota mahallasidagi yashash uyida tanishi Ziyodullo Xoliqnazarov bilan birga spirtli ichimlik istemol qilgan. Aroqqa gazagi qolmaganidan song, Shukrulla Xurramov gazak olib kelish maqsadida Beshkapa mahallasidan jigar pishirtirib olib kelish uchun uyidan chiqib ketgan.Shukrullo Xurramovni uyda yoqligidan foydalanmoqchi bolgan Ziyodullo Xoliqnazarov uning yolgiz uxlab yotgan qizi K.T.ga tegajoglik qilmoqchi bolganda u uygonib xonadan tashqariga qochib chiqib ketgan.Tashqariga chiqqan K.T. choyxonadan qaytib kelayotgan otasi Shukrullo Xurramovni korib, unga Ziyodullo Xoliqnazarov tegajoglik qilganligini aytgan. Xurramov tanishining xatti-harakatlaridan gazablanib, spirtli ichimlik istemoli tasirida ogir darajadagi mastlik holatida bolgan Ziyodullo Xoliqnazarovni temir bolagi bilan tanasining turli sohalariga bir necha marotaba urib, jarohat yetkazgan. Natijada u olgan tan jarohatlari tufayli hodisa joyida vafot etgan.Mavzuga doir:Samarqandda rashk tufayli xotinini pichoqlab oldirgan 30 yoshli erkak 19 yilga qamaldiJinoyat ishlari boyicha Samarqand viloyat sudi sudyasi Gayrat Negmatovning malum qilishicha, Shukrullo Xurramov Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi v,j bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 17 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0