Eron TIV o‘z fuqarolariga AQShga sayohat qilmaslikni tavsiya qildi

Eron tashqi ishlar vazirligi mamlakat fuqarolariga xavfsizlikka tahdidlar mavjudligi tufayli AQShga sayohat qilishni tavsiya etilmasligini bildirdi. Bu haqda “TASS” xabar bergan. Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod ZarifFoto: Middle East Monitor“Eron fuqarolaridan, xususan, ziyolilar va talabalardan AQShga sayohat qilmaslikni so‘raymiz, hatto ilmiy anjumanlar yoki rasmiy takliflar bo‘yicha ham u yerga bormagan ma’qul”, — deyiladi Eron TIV bayonotida.Tavsiyada AQShning eronliklarga nisbatan bir tomonlama keskin choralari bilan bog‘liq murakkab siyosiy vaziyatga aloqador ekanligi ta’kidlangan.Eron va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar Vashingtonning 2018-yil 8-mayda Yadro kelishuvidan chiqishi va forslarga qarshi neft eksporti borasida moliyaviy sanksiyalar qo‘llashi oqibatida keskinlashgan.AQSh prezidenti Donald Tramp bir necha marta Tehron bilan muloqotga tayyorligi haqida gapirgan. Yadro kelishuvi o‘rniga boshqa shartnoma imzolashga ham rozi, ammo bu borada ikki davlat o‘rtasidagi keskinlik kundan kunga ortib bormoqda.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0