AQSh OAV Afgoniston urushi haqidagi maxfiy malumotlarni oshkor etdi

Amerikaning Washington Post nashri AQShning Afgoniston hududidagi harbiy operatsiyalari haqida maxfiy malumotlarni oshkor qildi. Bu haqda Afghanistan.ru xabar berdi. Foto: Washington PostOshkor etilgan malumotlarda 400 nafardan ortiq harbiylar, diplomatlar va amaldorlar bilan intervyular mavjud. Hujjatlarga kora, rasmiy shaxslar yolgon bayonot bergan va statistikani qalbakilashtirgan hamda harbiy nizo haqida jamoatchilikka notogri axborot yetkazgan.Nashrning qayd etishicha, intervyular Afgoniston tiklanishi maxsus bosh inspektori Jon Sopko ofisi tomonidan otkazilgan. Foto: CNNShuningdek, Washington Post gazetasi kichik Jorj Bush administratsiyasida mudofaa vaziri lavozimida ishlagan Donald Ramsfeldning qaydnomalarini ham elon qilgan.Hujjatlarda avvaliga AQShning Afgonistondagi urush yuzasidan aniq strategiyaga ega bolmagani qayd qilingan. Intervyu bergan onlab odamlar amerikaliklarning tashabbuslari Afgoniston islom respublikasida amalga oshmagani va bunda AQSh mamlakat xususida yetarli malumotga ega bolmaganligi pand berganini takidlagan. Foto: Teller ReportAfgonistondagi yomon odamlar kim ekanini yaxshi tushunmayman, deb yozgan sobiq mudofaa vaziri Ramsfeld.Sorovda qatnashgan boshqa harbiylar esa nima maqsadda Afgoniston hududida urush olib borayotganini tushunmasligi haqida gapirgan.Elon qilingan intervyularda AQSh hukumatining Afgonistondagi vaziyatni onglash uchun keragidan ortiq mablag sarflab yuborgani, biroq korrupsiyaga koz yumgani bildirilgan.Ushbu mablaglarni ota yopiq mamlakat va jamiyatga sarflay olmaysiz. Oqibatda korrupsiya holatlari avjiga chiqadi, deya takidlagan AQShning Afgonistondagi sobiq elchisi Rayan Kroker.Afgoniston tiklanishi maxsus bosh inspektori Jon Sopko hujjatlarda hukumatning Amerika xalqini Afgoniston boyicha siyosat haqida yolgonlar bilan aldaganini aytgan.Afgoniston matbuoti Washington Post nashr etgan materiallarga munosabat bildirmagan.Qatarda Vashington hamda Afgonistondagi Tolibon harakati vakillari ortasida mamlakatda tinchlik ornatish yuzasidan muzokaralar otkazilmoqda. Tomonlar ortasidagi muzokaralar yopiq eshiklar ichkarisida bolib otmoqda, lekin Tolibon harakati vakili Suxayl Shahin bu borada ozaro murosa qilish imkoniyati paydo bolganiga shama qilgan. Uning sozlariga kora, kelishuv Doha shahrida 23 nafar tashqi ishlar vazirlari va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida imzolanishi mumkin.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0