Surxondaryo viloyati hokimligi Sariosiyoda buzilgan uy boyicha malumot berdi

Surxondaryo viloyati Shargun shahri Madankon mahallasida yashovchi fuqaro Sitora Xursanova 8-dekabr, yakshanba kuni ijtimoiy tarmoqlarda uy-joyi noqonuniy tarzda buzilgani, uyiga bolgan mulk huquqi asossiz bekor qilingani togrisida xabar bergan. Surxondaryo viloyati hokimligi mazkur holat yuzasidan malumot berdi. Foto: Xalq soziMalum qilinishicha, Sariosiyo tumani hokimining 2019-yil 31-maydagi 2907-sonli qarori bilan marhum Saliya Xursanova tomonidan nevarasi, Sitoraning turmush ortogi Jahongir Xursanovga 2012-yil avgustdagi hadya shartnomasiga asosan qoldirilgan uy-joyga qoshimcha ravishda, piyodalar otish yoliga tegishli bolgan, ozboshimchalik bilan egallangan yer maydoni ustida qurilgan 24 kvadrat metr omborxona, 23,48 kvadrat metr oshxona, 14,63 kvadrat metr hammom hamda 7,1 kvadrat metr hojatxonaga ham egalik qilish huquqi berilgan.Obod markaz davlat dasturi doirasida qayta tuzilgan Shargun shahrining bosh loyihasi, shuningdek, tuman prokuraturasining 2019-yil 15-avgustdagi protestiga asasan, tuman hokimining 2019-yil 26-avgustdagi 5458-sonli qarori qabul qilinib, Jahongir Xursanovga tegishli ushbu uchastka qayta royxatdan otkazilgan.Shu asosda Jahongir Xursanovning oz uchastkasida shaharsozlik norma va qoidalari asosida qurilgan 5 xonadan iborat yashash maydoni, jami 157,17 kvadrat metrni tashkil etadigan uy-joyga nisbatan mulk huquqi tan olingan. Piyodalar otish yoliga tegishli bolgan, ozboshimchalik bilan egallangan yer maydoni ustida shaharsozlik norma va qoidalariga rioya etmasdan qurilgan yordamchi binolarga egalik huquqi esa bekor qilingan.Hokimlikning qayd etishicha, videomurojaatda fuqaro Sitora Xursanova tomonidan aytilganidek, turmush ortogi Jahongir Xursanovning toliq uy-joyga bolgan egalik huquqi emas, balki, piyodalar otish yoliga tegishli bolgan, ozboshimchalik bilan egallangan yer maydoni ustida qurilgan imoratlarigagina egalik qilish huquqi bekor qilingan.Bunga javoban, fuqaro Jahongir Xursanov tuman hokimining 2019-yil 26-avgustdagi 5458-sonli qarorini asossiz deb topish boyicha Mamuriy ishlar boyicha Sariosiyo tumani sudiga davo arizasi bilan murojaat qilgan. Ushbu ish 2019-yilning 2-oktabrida sud tomonidan korib chiqilib, uning davo arizasini qanoatlantirish rad qilingan.Takidlanishicha, fuqaro Sitora Xursanovaning turmush ortogi Jahongir Xursanovning toliq uy-joyga bolgan egalik huquqi tuman hokimi qarori bilan bekor qilingani togrisidagi iddaolari asossiz.Sariosiyo tumani hokimligi ozboshimchalik bilan egallangan hududda shaharsozlik norma va qoidalariga zid ravishda qurilgan va keyinchalik buzib tashlangan yordamchi xojalik binolari uchun qonunchilikka muvofiq kompensatsiya tolanmasligini malum qiladi, deyiladi xabarda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0