Rossiyada tanishining tarafini olib uning qoshnisini oldirgan ozbekistonlik erkak 8 yilga qamaldi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida onalik huquqidan mahrum bolgan tanishining tarafini olmoqchi bolgan ozbekistonlik 22 yoshli yigit 8 yilga qatiy tartibli koloniyada qamoq jazosini otashga hukm qilindi. Ozbekistonlik Shamsiddin Nasriddinov tanishining oglidan ajralishida aybni uning qoshnilariga qoygan va ularga ortiqcha gapirib qoygani uchun dars bermoqchi bolgan, biroq bu qoshnilardan birining olimi bilan tugagan. Bu haqda Fontanka.ru xabar berdi.Malum bolishicha, Shamsiddin Nasriddinov 2018-yilning iyul oyida bir necha ortogi bilan tanishining qoshnilari uyiga kirgan va ularni dopposlagan. Oqibatda qoshnilardan biri musht, oyoq va yogoch bolagi bilan berilgan zarbalar oqibatida vafot etgan, ikkinchi qoshnining esa qovurgalari va barmoqlari singan.Shamsiddinning ikki ortogi Rajabov va Qurbonov joriy yilning may oyida 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.Aniqlanishicha, ularning tanishi bolgan ayol 2017-yilda mast holda ozining bir yoshli oglini molxonada uzoq vaqt yolgiz qoldirib ketgan. Bolani uysiz kishilar korib qolgan va u bolalar uyiga jonatilgan.Ona bolaning taqdiri bilan qiziqmagan. Shu vaqtga qadar ayol olti nafar farzand korgan bolib, besh marta onalik huquqidan mahrum qilingan. U toqqiz oylik axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0