Ozbekistonda fuqarolardan 28 turdagi malumotnomani talab etish taqiqlandi

Ozbekiston Prezidentining Byurokratik tosiqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari togrisidagi qaroriga muvofiq davlat organlari va tashkilotlari jami 28 turdagi hujjatlarni fuqarolardan talab qilishiga, fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari tomonidan esa ularning berilishiga yol qoyilmaydi. Foto: Huquqiy axborotQarorga muvofiq, 2020-yil 1-yanvardan boshlab quyidagi hujjatlarni fuqarolardan talab qilish taqiqlanadi: Yashash joyidan malumotnoma; Ariza beruvchi yashash joyi boyicha yashayotganligi (royxatdan otkazilganligi) togrisida malumotnoma; Doimiy va vaqtinchalik royxatdan otib yashovchilar soni togrisida malumotnoma; Doimiy yashash joyida yashayotgan muddati korsatilgan malumotnoma; Yashovchi shaxslar sonini tasdiqlaydigan malumotnoma; Turar joyda yashovchi shaxslar korsatilgan holda malumotnoma; Ariza beruvchi yashash joyi boyicha bir ozi yashashi (royxatdan otkazilganligi) togrisida malumotnoma; Fuqaroning yolgiz yashayotganligini tasdiqlovchi malumotnoma; Oila azolarining pensioner bilan u vafot etgan kunigacha birgalikda yashab turganligi holatini tasdiqlovchi malumotnoma; 80 yoshga tolgan, ozganing parvarishiga muhtoj bolgan keksa yoshdagi odamni parvarish qilgan vaqtni tasdiqlovchi malumotnoma; Qaramogida mehnatga layoqatsiz oila azolari borligini tasdiqlovchi malumotnoma; Vafot etgan boquvchining qaramogidagi oila azolari tarkibi togrisidagi malumotnoma; Vafot etgan xodim bilan qarindoshlik darajasini tasdiqlovchi malumotnoma; Shaxsiy yordamchi xojaliklarida ishlovchi fuqarolarning bandligini tasdiqlovchi malumotnoma; Shaxs haqiqatan nogironni parvarish qilayotganligini tasdiqlovchi malumotnoma; Ishsizlik togrisidagi malumotnoma; Vafot etgan boquvchining ota-onalari, turmush ortogi, buvasi, buvisi, aka-ukasi yoki opa singlisidan biri vafot etgan boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini, ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan holda tatilda bolish huquqini beradigan yoshga tolgunga qadar parvarish qilish bilan band bolganligini va ishlamaganligini tasdiqlovchi malumotnoma; Vafot etgan shaxsning ota-onalari, turmush ortogi yoki oilaning boshqa azosi vafot etgan shaxsning uch yoshga tolmagan bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini parvarish qilish bilan band bolganligini va ishlamaganligini tasdiqlovchi malumotnoma; Xodimning qaramogida bolgan oila azosi vafot etgan taqdirda nafaqa tayinlash togrisidagi malumotnoma; Tugilganlik haqida takroriy guvohnomalarni olish uchun voyaga yetmagan shaxsning yoki pasport olmagan shaxsning fotosurati yopishtirilgan malumotnoma; Vasiylikka olinganlarni taminlash va ularni zarur darajada parvarishlash boyicha qarindoshlarining bunga qodirligini tasdiqlovchi malumotnoma; Vasiy yoki homiy bolish istagini bildirgan ishlamaydigan shaxslar uchun malumotnoma; Shaxsiy yordamchi xojaligida qoramol mavjudligi yoki qishloq xojalik mahsulotlarining boshqa turlarini yetishtirish bilan bandligi togrisida malumotnoma; Ozi tayyorlagan tovarlarning chakana savdosi bilan shugullanishi uchun sharoitlar mavjudligini tasdiqlovchi malumotnoma; Kasallikka chalingan (sil, teri-tanosil kasalliklarining ogir korinishi, qandli diabetning yiringli yalliglanishi, psoriaz) ayollarning alohida xonada yashashi kerakligi togrisida malumotnoma; Kam taminlangan oilada yolgiz ozi ikki va undan ortiq voyaga yetmagan farzandlarni tarbiyalayotgan ayollar togrisida malumotnoma; Jazoni otash joylaridan ozod qilingan, shuningdek, ozodlikdan mahrum etish bilan bogliq bolmagan jazoga hukm qilingan shaxslarning tavsifi bilan malumotnoma; Dafn otkazilganligi holatini tasdiqlash uchun malumotnoma. 2021-yil 1-yanvardan boshlab davlat organlari va tashkilotlari, ularning tarkibiy bolinmalari ortasida hujjat aylanishi va hisobotlarni yuritish faqat elektron korinishda amalga oshiriladi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0