Respublika orta tibbiyot xodimlari malakasini oshirish markazi faoliyatini takomillashtirish rejalashtirilmoqda

Respublika orta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ixtisoslashtirish markazi hamda uning filiallari faoliyatini takomillashtirish rejalashtirilmoqda. Bu haqdagi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi muhokama uchunelon qilindi Foto: SputnikQaror loyihasiga kora, Respublika orta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi orta tibbiyot va farmatsevtika kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimining tayanch uslubiy markazi hisoblanadi. Markaz oz filiallariga uslubiy rahbarlik qiladi, ilmiy-uslubiy asoslarni, oquv-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqadi.Shuningdek, markaz ozining filiallari bilan birgalikda sogliqni saqlashni boshqarish hududiy organlari buyurtmanomalari asosida kontingentning istiqbolli rejasini belgilaydi, kurslarni otkazish rejasini tuzadi, ularni otkazish joyi, malaka oshirish va qayta tayyorlashning turi va shakllarini aniqlaydi, oquv rejalari va talim dasturlari mazmuni boyicha tavsiyalar tayyorlaydi.Hujjatga kora, markaz Sogliqni saqlash vazirligi tizimi tarkibidagi talim muassasasi hisoblanadi.Qaror loyihasiga asosan, Ozbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligi tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalarida faoliyat yuritayotgan orta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari 35 yilgacha bola parvarishi tatilida bolganda, budjet asosida, 5 yildan ortiq bola parvarishi tatilida bolganda esa tolov-shartnoma asosida qayta tayyorlashdan otishi belgilanadi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0