Bosh prokuratura Gulnora Karimovaning shveysariyalik advokati Ozbekistonga kiritilmaganini malum qildi

Gulnora Karimovaning shveysariyalik advokati Greguar Manja oz mijozi bilan korishish vaqtida belgilangan qoidalarni buzganligi sababli Ozbekistonga kiritilmadi. Bu haqda Bosh prokuratura tomonidan malum qilindi. Foto: EADailyXabar berilishicha, Gulnora Karimovaning manfaatlari himoyasida qatnashayotgan advokatlar xususida koplab sorovlar kelib tushmoqda.Mavzuga doir:Gulnora Karimovaga qarshi yangi jinoyat ishi qozgatildi. U olpon yigish va qorqitib, mulklarni tortib olishda ayblanmoqdaBosh prokuraturaning malum qilishicha, advokatlarning barchasi Gulnora Karimovaning yaqin qarindoshlari tomonidan yollangan bolib, tegishli tartibda adliya organlari tomonidan berilgan advokatlik faoliyati bilan shugullanish uchun litsenziyaga ega bolgan Ozbekiston Respublikasi fuqarolari hisoblanadi.Advokatlar bilan barcha munosabatlar Jinoyat-protsessual kodeksi normalari asosida amalga oshirib kelinmoqda hamda ular tomonidan oz mijozi huquqlarini himoya qilishda cheklovlar haqida biron-bir shikoyat va iltimosnoma kelib tushmagan.Bosh prokuraturaning xabar berishicha, amaldagi qonunchilikda chet el advokatlarining Ozbekiston hududida faoliyat korsatishi nazarda tutilmagan.Qayd etilishicha, ozini Gulnora Karimovaning advokati sifatida tanishtirib kelayotgan Greguar Manjaning Shveysariya hukumati tomonidan berilgan mandati Gulnora Karimovaga nisbatan Shveysariyada olib borilayotgan jinoyat ishi bilan chegaralangan. Uning Ozbekistonga kelishi faqatgina Shveysariya hukumatining ozaro huquqiy yordam togrisidagi iltimosnomasi asosida amalga oshirilgan edi.Bosh prokuraturaga kora, oz mijozi bilan uchrashish uchun yaratib berilgan imkoniyatlarni suiistemol qilgan Greguar Manja buzgunchilik xarakteridagi harakatlarni amalga oshirgan. Manja Ozbekistondagi jazoni ijro etish muassasalari haqidagi oldindan yolgonligi malum bolgan malumotlarni piar maqsadida tarqatgan va advokatlarning umumetirof etilgan etika qoidalarini buzgan.Jazoni ijro etish muassasalari xalqaro huquqni himoyalovchi tashkilotlar uchun ham ochiq bolib, ularning monitoring hisobotlari muntazam ravishda chop etib boriladi, deyiladi idora xabarida.Bosh prokuraturaning takidlashicha, ozbek tarafi mutanosib chora tariqasida Greguar Manjaning Ozbekiston Respublikasiga kirishiga ruxsat berishni rad etishga majbur bolgan.Qayd etilishicha, Gulnora Karimovaning Shveysariyadagi jinoyat ishi boyicha boshqa jinoiy sheriklarining xorijiy advokatlari Ozbekistondagi oz mijozlari bilan cheklovlarsiz munosabatni davom ettirmoqda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0