Sankt-Peterburg metrosidagi teraktda asosiy ayblanuvchi hisoblangan shaxs bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilindi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri metrosida 2017-yilda sodir etilgan teraktda asosiy ayblanuvchi hisoblangan qirgizistonlik Abror Azimov bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi. Foto: RIA NovostiMoskva okrug harbiy sudi Abror Azimovni terrorchilik guruhiga azolikda va unga oz tanishlarini jalb qilganlikda, terakt sodir etganlikda, noqonuniy qurol savdosida, shuningdek, portlovchi moddalar va qurilmalarni tayyorlash, saqlash va tashishda aybdor deb topdi.Ish boyicha boshqa ayblanuvchilarga 19 yildan 28 yilgacha bolgan qamoq jazosi tayinlandi.Sud Akram Azimov, Ibrohim va Muhammadrasul Ermatovga 28 yillik qamoq jazosi berdi. Prokuror ular uchun umrbod qamoq jazosi soragan edi.Sodiq Ortiqov 22 yilga, Shohista Karimova, Muhammadyusuf Mirzaolimov, Azamjon Mahmudov va Dilmurod Muidinov 20 yilga, Sayfulla Hakimov va Bahrom Ergashev 19 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.Barcha sudlanuvchilarga 500 mingdan 800 ming rublgacha jarima ham tayinlangan.Sudning qaroriga kora, Abror Azimov Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilotiga azo bolgan, unga oz tanishlarini jalb qilgan, terrorchi xudkush Akbarjon Jalilov bilan aloqada bolgan va unga pul bergan.Barcha ayblanuvchilar bir-birini tanigan, ular telefon va internet orqali aloqada bolgan, bolajak terakt uchun joy izlagan va uning tafsilotlarini muhokama qilgan. Bazi sudlanuvchilar bitta kvartirada yashagan, u yerda yana bitta qolbola portlovchi qurilmaning izlari aniqlangan.Guruh rahbarlari Sirojiddin Muxtorov va Buburjon Mahbubovning jinoiy ishi alohida ish sifatida ajratilgan va ular xalqaro qidiruvga berilgan.Sankt-Peterburg metrosida 2017-yilning 3-aprel kuni portlash yuz bergan.Sennaya ploshchad va Texnologicheskiy institut bekatlari oraligida portlash yuz bergan edi. Vagonda quvvati trotil ekvivalentida 300500 grammga teng portlovchi uskuna ishga tushgan. Portlash oqibatida 14 kishi halok bolgan, 50 dan ortiq odam tan jarohati olgan. Terakt uchun javobgarlikniAl-Qoida terrorchilik tashkilotiga aloqador guruh oz zimmasiga olgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0