Ozbekistonda 22-dekabrdagi saylovda ishtirok etadigan saylovchilar soniga aniqlik kiritildi

Ozbekistonda 22-dekabr kuni otkaziladigan parlament saylovida ishtirok etadigan saylovchilarning umumiy soni elon qilindi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazida Markaziy saylov komissiyasi raisi orinbosari Mahmud Istamov bilan bolib otgan press-konferensiyada malum qilindi, deb xabar beradi Sof.uz. Foto: MSK Xalqaro matbuot markaziMahmud Istamov 22-dekabr kuni boladigan davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlarga tayyorgarlik korish boyicha Markaziy saylov komissiyasi va quyi saylov komissiyalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida malumot berdi.20-sentabr kuni saylov kampaniyasi elon qilingan kuni Saylovchilarning yagona elektron royxatida elon qilingan saylovchilar soni 20 million 551 ming 914 nafarni tashkil etgan edi. Uchastka saylov komissiyalari oz faoliyatini boshlaganidan song, yani 15-noyabrdan boshlab saylov uchastkasi boyicha Saylovchilarning yagona elektron royxatidan olingan dastlabki saylovchilar soniga uyma-uy yurish orqali aniqlik kiritib borildi. Natijada saylovchilar soni 22 mingga kamroqligi malum boldi.Mavzuga doir: MSK raisi orinbosari: 60 ta saylov uchastkasida ovoz berish jarayoni jonli translyatsiya qilinadi Mahmud Istamov Markaziy saylov komissiyasi hukumat qolidagi oyinchoq emasligini aytdi 9-dekabr holatiga umumiy saylovchilar soni 20 529 590 nafarni tashkil etdi. Bundan Ozbekiston hududidagi saylov uchastkalarida ovoz beruvchi saylovchilar soni 18 739 551 nafarni yoki umumiy saylovchilar sonining 91,3 foizini, xorijiy davlatlarda tuzilgan saylov uchastkalariga biriktirilgan saylovchilar 1 790 039 nafarni yoki 8,7 foizni tashkil etmoqda.Malumot uchun, 2016-yil 4-dekabrdagi Ozbekiston Prezidenti saylovida saylovchilar royxatiga kiritilgan 20 461 805 nafar saylovchidan 17 951 667 nafari ovoz berishda ishtirok etgandi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0