Xorijlik sayyohlarni royxatga olishni bekor qilish, duty free, ozini ish bilan taminlovchi gidlar Turizm bozorini qanday ozgarishlar kutmoqda?

Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi mamlakatda turizmni yanada rivojlantirishga qaratilgan Prezident qarori loyihasini muhokamaga qoydi. Foto: DaryoQaror loyihasiga kora, 2020-yil 1-yanvardan boshlab: sayyohlik kompaniyalari 8 va undan ortiq kishini, shu jumladan, haydovchini tashish uchun moljallangan yangi avtoulovlarni olib kirganda tolangan QQS miqdori davlat budjetidan qoplanadi; gidlar, ekskursiyachilar va yoriqchi-instruktorlarning xizmatlari ozini ozi ish bilan band qiluvchi fuqarolar faoliyati turiga tenglashtirilib, vaqtincha mehnat guvohnomalari beriladi. Shuningdek, 2020-yil 1-iyuldan xorij fuqarolarini yoki fuqaroligi bolmagan shaxslarni Ozbekiston hududida viza rejimiga qadar (vizasiz) royxatga olishni bekor qilish taklif etilmoqda, biroq 30 kalendar kunidan oshmagan holda.Agar qaror shu turda qabul qilinsa, Uzbekistan Airports kompaniyasi quyidagi chora-tadbirlarni taklif etmoqda: davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida ajratilgan yer uchastkalarida 2020-yil oxiriga qadar zamonaviy avtoturargohlar, kafelar, restoranlar, mini-banklar, mehmonxonalar, oziq-ovqat yuk mashinalari va boshqa tegishli infratuzilmani yaratish; 2020-yil 1-iyulgacha mamlakatning barcha xalqaro aeroportlarida davlat-xususiy sheriklik asosida boj olinmaydigan savdo dokonlari (duty free) ochilishi. 1-iyuldan boshlab turistik soliqlarni hisobga olishning yagona tizimini ishga tushirish rejalashtirilgan. Shuningdek, sayyohlarga Ozbekistonda arxeologik izlanishlar va qazishmalar olib borishga ruxsat berilish taklif etilmoqda.Bundan tashqari, 2023-yil 1-yanvargacha aviatsiya yoqilgisi va yoqilgi-moylash materiallari, shuningdek, aviatsion yoqilgi va yoqilgi moylarini tayyorlash uchun xomashyolarni import qilishda kompaniyalarni bojxona tolovlaridan ozod qilish rejalashtirilgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0