Abu Dabidagi Ferrari World bogi eng yaxshi park unvoni uchun bahsda Disneychilarni ortda qoldirdi (fotogalereya)

Disneylend kongilochar boglar reytingida uzoq yillardan beri birinchilikni hech kimga bermay kelayotgandi, biroq bu yil bu borada yetakchilik boshqa parkga otadiganga oxshaydi. 2019-yilda eng yaxshi mavzuli kongilochar bog nominatsiyasida goliblik Abu Dabidagi Ferrari Worldga nasib etdi. Foto: Big PictureFormula-1uslubidagi ushbu olamshumul kompleks ekstremal sportni yoqtiruvchi har qanday odamni esankiratib qoyadi. Ushbu maqolani oqib, parkka tashrif buyuruvchilar qanday attraksionlarda hordiq chiqarishi mumkinligini bilib olish mumkin. Foto: Big PictureDisneylendga borgan odam ozini yer yuzidagi baxt manziliga tushib qolgandek sezadi, lekin 2019-yilda ushbu manzilga aylanish boshqa parkka nasib qildi. Bu Ferrari World bogi.Ferrari World Ferrari brendining birinchi avtomobil parki hisoblanadi, u yerda dunyodagi eng tezkor Amerika attraksioni ishlab turadi. Foto: Big PictureFormula Rossa attraksioni gravitatsiyada 4,8 soniyada soatiga 241 kilometr tezlik bilan harakatlanadi. Unda uchish shu darajada ekstremalki, odamlar kozlariga kozoynak taqib olishga majbur. Parkda ushbu qurilmadan boshqa qiziqarli mavzuli attraksionlar ham mavjud. Foto: Big PictureBolalar parkdagi maydonchalarda oynab miriqib dam olishi, kattaroq yoshdagi osmirlar esa 9D kinoteatrlardagi avtomobillarga minib virtual olamda sayr qilishi mumkin. Kattalar haqiqiy Ferrarida sayr qilib, tezlik ishtiyoqidan bahramand boladi. Avtomobil ixlosmandlari F1 poyga mashinalari gildiragini tezkorlik bilan almashtirishi ham mumkin. Foto: Big PictureChipta narxi kattalar uchun 295 dirhamdan (qariyb 82 AQSh dollari) boshlanadi, bolalar chiptasining boshlangich narxi esa 230 dirhamni (63 dollar) tashkil etadi. Foto: Big Picture Foto: Big Picture2019-yilda eng yaxshi kongilochar bog nominatsiyasiga bir nechta Disney parklari, jumladan, Parij va Shanhaydagi boglar, shuningdek, Floridadagi Uolt Disney kongilochish markazi nomzodlari qoyildi. Tanlovda Daniyadagi Legolend, Singapurdagi Universal Studios va Abu Dabidagi Warner BrosWorld parklari ham goliblik uchun kurashdi. Foto: Big PictureEng yetakchi mavzuli bog maxsus nominatsiyasida Parijdagi Disneylend favorit deb etirof qilinayotgandi, lekin yakunda Ferrari World barchadan ozib ketdi. Foto: Big PictureFerrari Worlddagi manzara va muhit bolalarga ham, kattalarga ham birdek yoqadi. Tezlik hamda boshni aylantirib yuboradigan attraksionlar insonga butun umr yodda qoladigan taassurotlarni beradi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0