Senatning navbatdagi yalpi majlisi 14-dekabr kuni bolib otadi

10-dekabr kuniOzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bolib otdi, deb xabar berdi Senat axborot xizmati. Foto: Senat axborot xizmatiOliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Kengash majlisini ochar ekan, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Konstitutsiya qabul qilinganining 27 yilligiga bagishlangan tantanali marosimda belgilangan dolzarb masalalarning amalga oshirilishi borasida senatorlarning masuliyati haqida toxtalib otdi.Majlisda Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma beshinchi yalpi majlisini joriy yil 14-dekabr kuni chaqirish togrisida qaror qabul qilindi.Yalpi majlisda senatorlar mamlakat demokratik taraqqiyotining yangi bosqichida amalga oshirilayotgan islohotlarning meyoriy-huquqiy asosini mustahkamlashga qaratilgan bir qator qonun hujjatlari hamda muhim masalalarni muhokama qiladi. Foto: Senat axborot xizmatiOzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi togrisidagi, Ozbekiston Respublikasi Soliq kodeksining qabul qilinishi munosabati bilan Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartirish va qoshimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qonun hujjatlarini oz kuchini yoqotgan deb topish togrisidagi, Davlat boji togrisidagi, Investitsiyalar va investitsiya faoliyati togrisidagi, Maxsus iqtisodiy zonalar togrisidagi, Ozbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi togrisidagi, Maktabgacha talim va tarbiya togrisidagi Ozbekiston Respublikasi qonunlari shular jumlasidan.Bundan tashqari, Senat azolari notariat tizimining tubdan isloh qilinishi, bazi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartirish va qoshimchalar kiritishni nazarda tutadigan qonunlarni muhokama qiladi.Senatorlar tomonidan Surxondaryo viloyati Termiz tumanining chegarasini ozgartirish, Termiz shahrining chegarasini kengaytirish hamda ularning chegaralarini tasdiqlash togrisidagi masala ham korib chiqiladi. Foto: Senat axborot xizmatiYalpi majlisda Ozbekiston Respublikasi adliya vazirining davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qollash amaliyotining holati togrisidagi axboroti, shuningdek, Navoiy viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisoboti eshitiladi.Senatorlar suv obyektlariga oqindi suvlarni oqizish bilan bogliq muammolar yuzasidan Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament sorovi natijalarini ham muhokama qiladi.Oliy Majlis Senati qomitalari va devonining yigirma beshinchi yalpi majlisga tayyorgarlik korish va uni otkazishga doir ishlarini muvofiqlashtirish maqsadida ishchi guruh tuzildi.Kengash tomonidan Senat qomitalariga yalpi majlisda muhokama uchun masalalarni tayyorlashda hududiy manfaatlarni himoya qilish, hududlar aholisini tashvishga solayotgan muammolarni ochib berish, shuningdek, ularni hal etish boyicha ijro hokimiyati organlari uchun aniq tavsiyalar ishlab chiqish topshirigi berildi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0