Arizaga yaxshilikcha imzo qoying, bu hokimning topshirigi. Parlament saylovlariga qadar partiyaviyligi ozgarib qolgan surxondaryolik nomzod soxta arizaga imzo chekishga majburlanmoqda

Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanidagi maktab direktorlaridan biri deputatlikka OzLiDePdan nomzodini korsatdi. Nomzodlarni royxatga olish ishi tugallangan payt esa kutilmagan manzil va boshqa partiyadan chiqib keldi. Eng qizigi, nomzodning ozi ham bu ozgarishni oshanda bildi. Foto: uz.raisense.saylovBu haqda Daryo muxbiriga shikoyat qilgan 30-maktab direktori Dilbar Saidova soxta arizaga imzo chekishga majburlanayotganini aytmoqda.Malum bolishicha, dastlab OzLiDeP azosi sifatida tumanning Yangikent mahallasidan tuman Kengashi deputatligiga nomzod qilib korsatilgan Dilbar Saidova endilikda XDPdan Yetimqum mahallasidan nomzod deb korsatilgan. 2010-yildan 2015-yilgacha Ozbekiston Liberal-demokratik partiyasidan tuman Kengashi deputati hamda malum muddat tuman Kengashi rahbari bolganman, deydi Dilbar Saidova. 2015-yildan ayni kunga qadar ham shu partiya azosiman. Qanday qilib XDPdan nomzodim korsatilishi mumkin? Foto: DaryoShu kabi savollariga javob izlayotgan nomzod Dilbar Saidova oziga nisbatan bosim bolayotganini, XDPdan nomzod qilib korsatilishini soragan soxta arizaga imzo qoyishga majburlanayotganini bildirmoqda. Partiyalardan nomzodimni ulardan korsatishimni sorab, koplab taklif bolgandi. Ammo takliflarni rad etgandim, deydi Dilbar Saidova. OzLiDePning uzoq yillik azosi sifatida shu partiya tomonidan nomzodim korsatilishiga rozi bolgandim. Joriy yil 20-noyabrga qadar men OzLiDePning Yangikent mahallasidan korsatilgan nomzodi edim. Toshkent shahrida malaka oshirishda bolganimda nomzodim OzLiDePdan chiqarib tashlangani va XDPdan nomzod etib tasdiqlanganimni bildim. Hayratlanarlisi, Saylov komissiyasi tomonidan shu holatga roziligim va oz xohishim bilan yozilgan soxta arizaga qol qoyishim uchun turli usullar bilan menga bosim otkazilmoqda.Aniqlanishicha, Dilbar Saidova ayni kunda XDP vakili sifatida tumanning Yetimqum mahallasidan nomzod qilib korsatilgan. Uning eski orni Yangikent mahallasidan esa Qiziriq tuman xotin-qizlar qomitasi raisi Jamila Xudoyqulova OzLiDePdan nomzod qilib korsatilgan. Foto: DaryoDaryo muxbirining aniqlik kiritishicha, Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida deputatlikka nomzodlar 2019-yilning may oyidan royxatga olina boshlangan.Dilbar Saidova nima sababdan uning nomzodi OzLiDePdan olinib, boshqa partiyadan korsatilayotganini bilishga harakat qilmoqda. Biroq hozircha bunga javob topolgani yoq. Qiziriq tuman Saylov komissiyasi rahbari Erkin Arabov ushbu savolga aniq javob bermasdan XDPga nomzodligimni koratishingizni sorayman, degan mazmundagi arizaga imzo qoyishimni sorayapti, deydi Dilbar Saidova.Deputatlikka nomzod Dilbar Saidovaning aytishicha, unga tuman hokimi nomidan doq-popisa qilinmoqda. Kuni kecha bir nechta mutassadi xodimlar kelib, XDP dan nomzodimni korsatishingizni sorayman, degan mazmundagi soxta arizasiga imzo qoyishimni soradi, bir necha marotaba telefon qongiroqlari ham boldi, deydi Dilbar Saidova. Yashash uyimgacha borganlari yetmagandek ish joyimga ham kelishdi. Men soxtalashtirishlarga qarshi ekanligimni va ozimning nomzodim dastlab korsatilgan partiyaga qaytarilishimni sorayapman. Buni imkoni bolmasa, nima sababdan partiyam va nomzodim ozgargani haqida bilishni xohlayman. Ular esa Arizaga yaxshilikcha imzo qoying. Bu tuman hokimining topshirigi. Arizaga qol qoyasiz yoki XDPdan nomzodimni bekor qilishingizni sorayman deb yozib berasiz, deya doq-popisa qilishyapti.Gazeta-yu hujjatlarda Dilbar Saidova LiDeP emas, XDP nomzodi sifatida qayd etilgan va rasmiylashtirilgan.Ushbu tumanda yashovchi fuqaro Chori Mirzayevning aytishicha, u partiyadan deputatlikka nomzod sifatida korsatilishi uchun 170 ming som pul tolagan. Ammo kop otmay uning nomzodi olib tashlangan. Qiziriq tuman XDPdan nomzodimni qoyish 170 ming pul tolab nomzodimni qoydirdim, deydi Chori Mirzayev. Partiya nashriga obuna ham boldim. Obuna uchun achinmayman. Gazeta oqisam ozim uchun foyda, ammo alam qilgani nomzodlar royxatidan olib tashlashgani. Masala yuzasidan Qiziriq tuman saylov komissiyasi raisi qabuliga borsam qabul qilishni istamadi. Va nihoyat ming urinishlar bilan tuman saylov komissiyasi rahbari qabuliga kirdim. Chora topib beramiz Bandixon tumaniga ham nomzodlar tavsiya etishimiz kerak. Sizni shu nomzodlar royxatiga kiritib qoyamiz, deb yana bir necha kun qoynimni puch yongoqqa toldirib yurishdi. Yana murojaat qildim. Bu safar masala boyicha siz menga emas, XDPning viloyat rahbariga murojaat qilishingiz kerak, degan javobni oldim. Telefon orqali partiyaning viloyat rahbariga murojaat qilganimda meni tinglashga vaqt ham topmadi. Keyinchalik esa qongiroqlarimga uzundan uzoq gudok ovozlarigina javob berdi, xolos.Yaxshi otga bir qamchi, yomon otga ming qamchi, deganlaridek boshqa murojaatlarga batafsil toxtalmadik. Birgina shu sozlarning ozi qolganlarining adolatli yechimiga turtki bolib, kattakonlarning saylovga aralashuvini kamaytirsa ne ajab?Eslatib otamiz, bundan avvalroq Surxondaryo viloyati hokimligi deputatlikka nomzodlar royxatidan ochirilgan fuqaro togrisidagi xabarga munosabat bildirib rad etgandi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0