Hafta ijtimoiy muammolari: Mening ogrigina zavodim

Daryo kolumnisti ananaviy ruknda otgan haftada muhokama qilingan asosiy ijtimoiy masalalarga toxtalib otadi.Otgan hafta Samarqandda ulgurji miqdorda elektr quvvati ogirlanganini fosh qilgan MIB boshligi ishdan olinibdi. MIB boshligi tumandagi kattakon beton zavodi tok omarayotganiga qarshilik qilgan ekan. Foto: Kun.uzMIBchilarning aytishicha, zavod elektr tarmoqlari korxonasi bilan hech qanday shartnoma rasmiylashtirmagan, hech qanday hujjat taqdim qilolmagan, hech qanday elektr hisoblagich ornatmasdan, elektr energiyadan togridan-togri, noqonuniy foydalanib kelgan. Ozingiz ham korgansiz: mahalladagi bazi olgirlar devor tirqishidan, quvur ichidan, tosin orqasidan yashirincha sim tortib, ogrincha bepul tok ishlatadilar. Samarqanddagi olgir zavod bu ogrilikni sanat, yoge, sanoat darajasiga kotarib qoygan.Xullas, shuni fosh qilgan MIB boshligini ishdan optashlashibdi. Albatta, nega ishdan olinganini sorasangiz, - Yo, yo-o, oz arizasiga kora ozod etildi, boshqa sabab yoq, salomatligi kotarmayapti-da, deb izohlashadi. Ammo bilgichlarning aytishicha, bu zavod hazilakam odamga qarashli emas. MIB boshligini olib tashlaganidanoq, xulosa qilavering. Darvoqe, MIBning plomba va muhrini hammaning koz oldida namoyishkorona yulib tashlash uchun yurak ham, tanka ham otning kallasidan katta bolishi kerak. Osha yerda turgan ichki ishlar xodimlari qonunbuzarga miq eta olmaganiga nima deysiz? Qonunga tupurish bolsa, shunchalik bolar.Endi bu zavodni korganda MIBchilar o-o deyishi aniq.Endi bir gap. Jannatmakon yurtimizda qonundan ham ustun, daxlsiz va bekam-u kost kishilar bor. Ular yaqinlashsa, ochilmaydigan eshiklar ochiladi, ishlamaydigan zavod ishlab ketadi. Motori yoq mashinaga chiqsa, mashina ham qorqqanidan yurib ketsa kerak. Ular Nitshening oliy odami, sira xato qilmaydi, sutdek oq va aybsiz. Ular biror ish qilsa qonun teskari qarab turadi, teskari qarash tugul yoliga poyandoz bolib oyoqlarini uqalab qoyadi. Siz ularni tanidingiz, zotan siz yashaydigan hududda ham qonundan ustun oliy zotlar topilishi aniq.Nima qilmoq kerak? Bunday odamlarning royxatini tuzib, tegib bolmaslar kategoriyasi ostida malakalash lozimki, togri ishlashga davogarlar ularning dumini bosib qoyib uchib ketmasin. Adolat degan narsadan qolini yuvmasin. Haqiqat bor, qonunlar ishlayapti, deb ozini xursand qilib yuraversin. Bekor uvol bolib ketgandan shunisi afzalroq-da.Sarvar ustaMuallif fikri tahririyat nuqtai nazariga mos kelmasligi mumkin.Avvalgi hafta ijtimoiy muammolari:Hafta ijtimoiy muammolari: Qoshni davlatdan gaz import qilaylikQoshni davlatdan gaz import qilaylikAbdulloh_qayerda_edi?Uyqu markazidan ovqat markazigachaSartaroshxona siyosiy suhbatlariNanomaterialdan ketmon yasab...Ganiyev gildirakni gizillatib gildiratdiYubka kiying erkaklar, salla orang yigitlarShirin qovunlar mamlakati-2: Hojatxona sammitiSoqol yoxud generallar oyiniOqing, faqat yiglamang

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0