Ozbekistonlik ekspertlar Chernobil AESning halokat yuz bergan 4-energoblokini kozdan kechirdi

Turli vazirlik va idoralarning mutaxassislaridan iborat ozbekistonlik ekspertlar atom elektr stansiyasining qurilishi va ekspluatatsiyasining atrof-muhitga tasirini baholash, radioaktiv chiqindilarga bolgan munosabat, radioaktiv chiqindilarni joylashtirish uchun joy yaratish va uning ekspluatatsiyasi, shuningdek, AES qurilishiga doir loyihalarning ekologik ekspertizasi borasidagi tajribalar bilan tanishish maqsadida Ukrainaga tashrif buyurdi, deb xabar berdi Energetika vazirligi matbuot xizmati. Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmatiSafar dasturiga KIEP (Kiyev ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik instituti Energoproyekt) institutiga tashrif buyurish, Ukraina Ekologiya vazirligi va Davlat ekologiya inspeksiyasida uchrashuvlar otkazish, atom energiyasini ishlab chiqaruvchi milliy kompaniya Energoatomga (Ukrainadagi barcha AESlar operatori), chiqindilar saqlash hududi va Chernobil AESga tashrif buyurish, shuningdek, Chernobil AES chiqindilarni saqlash hududi davlat administratsiyasi rahbariyati bilan uchrashuv otkazish kiritilgan.KIEPda boshqaruv raisi Yuriy Malaxov va masul xodimlar bilan uchrashuv bolib otdi. Ushbu institut AES qurilishidan boshlab uni foydalanishga topshirishgacha bolgan atom elektr stansiyalarini loyihalashtirish bilan shugullanadi. Shuningdek, bu yerda atom elektr stansiyalari AMTB (Atrof-muhitga korsatadigan tasirni baholash) loyihalari ishlab chiqiladi va tashkilot vakillari buyurtmachi bilan birga AMTB boyicha ochiq eshituvlarda ishtirok etadi.Uchrashuv davomida Ozbekiston delegatsiyasi azolariga AMTB tayyorlash mexanizmi togrisida batafsil malumot berildi, shuningdek, ular ozlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi.Qayd etish kerak, zamonaviy usullar zamonaviy atom elektr stansiyalarining xavfsiz faoliyati togrisida ishonchli tasavvurga ega bolish imkonini beradi.Chernobil AES bilan bogliq voqealardan keyin Ukrainaning olgan saboqlari mamlakatga bunday favqulodda hodisalarning oldini olish, oqibatlarini minimallashtirish va umuman, tinch atom sohasini xavfsiz yolga qoyish boyicha katta tajriba berdi.Zamonaviy Ukraina uchun atom elektr stansiyalari bu turli yillarda, mamlakatda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining yarmi yoki undan koprogi deganidir, deyiladi xabarda. Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmatiBugungi kunda Ukrainada 15 ta energoblokdan iborat 4 ta atom elektr stansiyasi faoliyat korsatmoqda. Ulardan biri 6 ta energiya blokli Zaporojsk AESning umumiy quvvati 6000 MVt bolib, Yevropadagi eng katta atom elektr stansiyasi hisoblanadi.AMTB masalalariga zamonaviy yondashuv, tinch atomdan foydalanishning ekologik foydasi xususidagi masalalar delegatsiyaning Ukraina Ekologiya vazirligida bolib otgan uchrashuvi davomida muhokama qilindi. Bu borada alohida qayd etildiki, Ukraina tajribasi shuni korsatadiki, atom elektr stansiyalarini energiya balansiga kiritish atmosferaga issiqxona gazlari chiqarilishini sezilarli darajada kamaytiradi.Tashrif dasturidan Ozbekiston delegatsiyasining Chernobil AES obyektlari va chiqindi saqlash hududlari faoliyati bilan tanishish, shuningdek, Chernobil AES chiqindilarni saqlash hududi davlat administratsiyasi rahbariyati bilan uchrashuv otkazish joy olgan edi.Ozbekiston vakillari 1986-yildagi halokatdan song nimalar sodir bolgani, qanday choralar korilgani xususida bevosita tanishish imkoniyatiga ega boldi, shuningdek, halokat sodir bolgan AESning 4-energoblokida va ishlatilgan yadro yoqilgisi saqlanadigan omborda boldi. Delegatsiya azolari mazkur obyektlarning atrof-muhitga tasiri boyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishdi va ular atrof-muhitga salbiy tasir korsatmasligiga ishonch hosil qildi, deyiladi xabarda.Chernobil AES oz vaqtida RBMK reaktorlari bilan jihozlangan, halokatdan song 19912000-yillar oraligida navbatma-navbat yopilgan edi. Bugungi kunda Ukraina hududida ishlab turgan barcha reaktorlar VVER toifasiga mansub bolib, ulardan ikkitasi VVER-440 va on uchtasi VVER-1000 hisoblanadi.Shuningdek, Ukraina davlat ekologiya inspeksiyasi vakillari bilan bolib otgan uchrashuvda AMTB loyhalari boyicha ekspertiza otkazish borasida inspeksiyaning AES va ishlatilgan yadro yoqilgilari saqlash joylari misolida toplagan tajribalari xususida ortoqlashildi.Bugungi kunda Ukraina VVER toifasiga mansub energiya reaktorlari boyicha jahonda oninchi va Yevropada beshinchi orinda turadi. Mazkur mamlakat uchun atom energetikasi bu mamlakat hayotini taminlashning kafolati, iqtisodiy faoliyat va aholini energiya bilan taminlashning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ukraina atom elektr stansiyalaridan samarali va xavfsiz foydalanish boyicha katta tajriba toplagan va bu tajribalarni Ozbekiston bilan ortoqlashishga tayyor, deyiladi xabarda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0