Chinozdagi uylardan birida 32 yoshli erkakning jasadi topildi

Toshkent viloyatining Chinoz tumanida yashovchi fuqaro Sh.S.ning uyidan 1987-yilda tug‘ilgan erkak T.G‘.ning jasadi topildi. Bu haqda IIV Tergov boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi. Foto: Google ImagesJasad topilgan paytda tananing bosh va yuz qismlarida jarohatlar bo‘lgan.Ichki ishlar organlari tomonidan tezkor chora-tadbirlar ko‘rildi. Natijada ushbu jinoyatni Yangiyo‘l tumani “Epkendi” mahallasida ro‘yxatda turuvchi, hozirda yashash va ishlash joyining tayini bo‘lmagan, 1960-yilda tug‘ilgan fuqaro Q.S. rashk tufayli sodir etgani aniqlandi.Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergovni prokuratura olib bormoqda.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0